ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
elektrenergiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki
impuls chiqishli);
-
ma‟lumotlarni yig„ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar,
telesummatorlar va boshqalar);
-
kommunikatsiyalar
(kommutatsiyalanadigan
telefon
kanallari,
ajratilgan telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
-
aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va
boshqalar);
-
maxsus DT o„rnatilgan EHM (iste‟molchilar hisoblagichlaridan
ma‟lumotlarni yig„ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr
energiyasini yetkazib beruvchi bilan o„lchov ma‟lumotlarini almashtirish
uchun).
ENHATning DTi quyidagi tizimlardan iborat:
-
ma‟lumotlar bazasi(MB)ni va hisoblagichlar ko„rsatkichlarini
boshqarish tizimi;
-
aloqa va kuch iste‟molchilari liniyasi bo„yicha hisoblagichlarni
avtomatik so„rov tizimi;
-
elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko„rinishda aks ettirish
tizimi;
9
-
ma‟lumotlarni tahlil qilish tizimi;
-
kompleks ma‟lumotlar bazasining avtomatlashtirilgan tizimi.
ENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi:
-
elektrenergiyasi haqida ma‟lumotlarni yozish;
-
hisoblagichlardagi arxiv yozuvlar va tizimning o„z-o„zini avtomatik
tekshirish ma‟lumotlarini saqlash va nazorat qilish;
-
konsentrator, terminal va hisoblagich parametrlarini o„rnatish;
-
masofadan o„qish, elektr ta‟minotini uzish/ulashni nazorat qilish va
iste‟mol darajasini nazorat qilish;
-
avtomatik va avtomatik bo„lmagan so„rov;
-
liniyalardagi isroflar va elektr energiyasi o„g„irlanishlarining oldini
olish;
-
operator vakolatlarini cheklash;
-
normal bo„lmagan jarayonlar haqida hisobot;
-
taqsimlash tarmog„ining sxemasini aks ettirish;
-
har bir faza ma‟lumotlarini hisobga olish va har bir faza bo„yicha
muvozanatning buzilish holatlarini aniqlash;
-
ko„p tariflilik;
-
turli hodisalar haqida avtomatik ogohlantirish;
-
iste‟mol quvvati darajasini nazorat qilish;
-
barcha ma‟lumotlarni izlash va chiqarish.
Umumiy holda ENHAT tuzilmasini quyidagi to„rtta pog„onaga
ajratish mumkin (1.1-rasm):
|