7
1. ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA
HISOBLASHNING AVTOMATLASHTIRILIGAN TIZIMLARI
(ENHAT) TUSHUNCHASI VA POG„ONALARI
Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma‟lumotlarni o„lchash,
yig„ish va qayta ishlash bosqichlarida inson
ishtirokini minimumga olib
keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham,
iste‟molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham
moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli
energiyani hisoblashdan
foydalanishga asoslangan tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu
maqsadda iste‟molchilar hamda ta‟minotchi korxonalar o„z obyektlarida
ENHATni tashkil qiladilar.
ENHAT bu
– nazorat-o„lchov qurilmalari, aloqa kommunikatsiya-lari
(ma‟lumotlarni uzatish tarmog„i), EHM va dasturiy ta‟minot (DT) dan
tashkil topgan energiya iste‟moli jarayonini
avtomatik boshqarish va
avtomatik hisobga olishni tashkil etish uchun mo„ljallangan texnik va
dasturiy vositalar majmuidir.
ENHAT quyidagilarga imkon beradi:
-
elektrenergiyasi bozori subyektlari bilan ma‟lumotlar
almashinuvini
avtomatlashtirish;
-
elektrenergiyasi bozori subyektlari va iste‟molchilari bilan hisob-
kitoblarni avtomatlashtirish;
-
elektrenergiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini
oshirishga
erishish;
8
-
elektrenergetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat
qilinishini ta‟minlash;
-
iste‟molchilar o„rtasida energiya va quvvat
taqsimlanishining turli
boshqarish sxemalarini ishlatish;
-
korxonaning ish samaradorligini oshirish.