Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv
mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur
bo’stoni”, 2013yil 142 b 5. Xalilov M.X. Bilish jarayonlari psixologiyasi SamDU
1999y. 6. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y. 7.
Karimova V., Akromova F. Psixologiya. T.: 2000y. 8. Alimjonova J. I. Mutaxasislik
o’qitish metodologiyasi (ma’ruzalar matni) TKTI. – T.: 2009 9. YUsupova P.A.
Maktab ta’limi pedagogikasi T. “O’zbekiston” 1993.
2.
Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv
mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur
bo’stoni”, 2013yil 142 b 13.
3.
http://www.referat.ru
14.
www.inter-pedagogika.ru;
15.
www.school.edu.ru 16. www. tdpu. uz 17. www. pedagog. uz 18. 7. www. Ziyonet.uz
19. 8. www. edu
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 178 ~
PSIXOLOGIYA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK YO’NALISHLAR
DIDAKTIK YO’NALISHDA TA’LIM TEXNALOGIYASINI QO’LLASH
Nurımbetova Jazira Djalilxan qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika va psixologiya” mutaxassisligi bo’yicha
M2-PP-22 guruh magistranti
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim jarayonida didaktik o’yin va o’yin
texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, o’yinlarning klassifikatsiyasi,
ko’rinishlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda musiqa ta’limi jarayonida
qo’llaniladigan o’yinlardan namunalar ham keltirilgan.
Kalit so’zlar:
o’yin, jarayon, didaktik o’yin, qobiliyat, qiziqish, moyillik, ijodiy
qobiliyat, komponent, klassifikatsiya, texnologiya.
KIRISH
Bugungi axborot texnologiyalari va axborotlar oqimi mislsiz darajada ko’p
bo’lgan davrda ta’lim tizimida an’anaviy darslar o’rniga noan’anaviy muqobil ta’limni,
ya’ni innovatsion, yangi texnologiyalarni, interfaol ta’limni joriy etishni hayotning o’zi
taqozo etmoqda.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda, jumladan, musiqa ta’limida o’quvchi shaxsiy
qobiliyati, qiziqishi, moyilligi, uning o’z kuchi imkoniyatlariga ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishini asos qilib olish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim jarayoni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilishi, o’quvchi-talabaga oliy qadriyat
sifatida qarash dolzarb masalaga aylanmokda. O’quvchilarning universal o’quv-biluv
ko’nikmalarini shakllantirish bosh maqsadga aylanmoqda. Bunda talaba-
o’quvchining
ehtiyoji,
moyilligi,
qiziqishi,
faolligini
oshiruvchi
o’yinli
texnologiyalardan vosita sifatida keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) - ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning
barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat
jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quwaziyatlarini ifodalovchi shaxsga
yo’naltirilgan ta’lim (peda gogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi.
O’yin texnologiyalarida o’quvchining tabiatiga mos tushuvchi o’yinlar o’quv-
tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin.
O’yin o’quvchini ta’limda g’alabaga erishishda qiziqishini orttiradi va unda
kuchli motivatsiya hosil kilish imkoniyatiga ega. O’quvchini tezkorlikda harakat
kilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtda bajarishga o’rgatadi,
unda qonun-qoidalarga rioya kilish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchining faolligi
rivojlantirilib, bilimga bo’lgan ishtiyoqi oshadi. SHaxsning ahloqiy sifatlarining
shakllanishiga yordam beradi. O’quvchilarda o’zaro hamkorlik, ijodkorlik, bir-biriga
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 179 ~
qayg’urish va o’zaro hurmat kabi odatlar rivojlantiriladi. Ayniqsa, ularda tashqi
dunyoni tasavvur etish, erkin fikr yuritish, emotsional faollik va o’zaro muloqotga
kirishuvchanlik vujudga keladi.
USULLAR
O’yin pedagogik madaniyat fenomeni bo’lib kelgan. Inson hayotida u muhim, hal
kiluvchi omil sifatida ilmiy izlanuvchilarni qiziqtirib kelgan. O’yin organizmda
ortikcha energiyadan halos bo’lish, charchash va vaqtida kuchni foydali holda ishlatish,
ayrim holda uni tiklashda ham yordam beradi.
Endi o’yinning ko’rinishlari va klassifikatsiyasiga to’xtalamiz. O’yinlar:
- yakka-individual, juftli, guruhli, ommaviy o’yinlar;
- jismoniy, intellektual musobaqaga asoslangan, ijodkorlikka yo’naltiruvchi
o’yinlar, didaktik o’yinlar, konstruksiyali, kompyuterli o’yinlar;
- ijtimoiy o’yinlar, syujetli, rolli, imitatsiyali o’yinlar, tashkiliy kommunikativ
o’yinlar, qiziqarli o’yinlar va boshqa turda bo’lishi mumkin.
YUkoridagi sanab o’tilgan o’yinlarning har birining quyidagi komponentlari
mavjud. Ular:
- o’yinda qatnashuvchilar;
- o’yin qoidalari;
- o’yinning vaqti;
- o’yinning syujeti;
- o’yinning rekviziti;
- o’yinning yakuni (natijalari, qonun-qoidalariga rioya qilinishi).
Aynan musiqa ta’limi jarayonida qo’llaniladigan o’yin texnologiyalaridan
namunalar keltiramiz:
Tinglash va eslash qobiliyatini rivojlantirish o’yini "Musiqani, qo’shiqni kim
yozgan,top"
O’yin materiali: Xaltachada kichik razmerdagi xar xil o’yinchoqlar, bastakorlar
rasmlari stolda yoyiq xolda.
O’yinning borishi: Musiqa rahbari bolalarning yoshiga ko’ra yil davomida musiqa
mashg’ulotlarida tinglagan, kuylagan musiqa asarlarini chaladi va kuylaydi.
- Musiqa asarini kim yozgan? - deb bolalardan so’raydi. Bolalar javobi. To’g’ri
topgan bolaga musiqa rahbari- Rasmlar ichida aytgan bastakorni rasmini top- deydi.
Bola rasmni to’g’ri topib ko’rsatsa g’olib hisoblanadi, unga xaltachadagi
o’yinchoqlardan bittasini sovg’a qilinadi ya’ni rag’batlantiriladi. O’yin shu tariqa
davom etadi.
Eslash va tinglash qobiliyatini rivojlantirish o’yini "Kuyning nomini top"
O’yinning borishi: Musiqa rahbari musiqa asbobida milliy kuylarni dastlabki 6-7
ta tovushlarini chalib beradi.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 180 ~
Bolalar kuyning nomini topib aytishadi. kuyning nomini to’g’ri topgan bola g’olib
hisoblanadi. O’yin shu tariqa davom etadi. O’yin ohirida ko’p kuy nomini to’g’ri
topgan bolalar rag’batlantiriladi.
O’yinga kiritilgan kuylar to’plami "CHertmak", "Norim-norim", "Andijon
polkasi", "Yallami-yorim", "Do’loncha", "Lazgi", "Namanganni olmasi" , "Dilxiroj",
"CHitti gul", "Munojat".
Raqs ijodkorligini rivojlantirish o’yini "Raqsga tushamiz" O’yinni borishi:
Bolalar davra olib turishadi. Tarbiyachi qo’lida ro’molcha bilan davrada yurib
xoxlagan bolani yelkasiga ro’molchani tekkizadi, yelkasiga ro’molcha tekkan bola
o’rtaga chiqib musiqa ohangiga monand raqsga tushadi. Bir vaqtda davrada turgan
bolalar chapak chalib turishadi. Ro’molcha olgan bola boshqaruvchi bo’ladi. O’yin shu
tariqa davom etadi.
Tadqiqot va Natijalar.
O’yin o’quvchini o’ylashga, topqirlikka, ziyraklikka, mantiqiy fikr yuritishga
o’rgatadi. SHu asosda o’z «men»ining shakllanishiga yordam beradi. SHuningdek,
bilishga o’rganish ehtiyojini tug’dirib, yangi o’zgarishlarga bosh-laydi. O’yin tashqi
olam bilan muloqot qilishga yangi-yangi imkoniyatlarni ochib beradi. O’yin
umumilmiy tushuncha bo’lib, falsafa, pedagogika, psixologiya, tarix nazariyasi,
san’atda uziga xos tushuncha, atamalari mavjud. Umuman, ilmiy tilda o’yin
dramaturgiya, tomoshalar, bayramlar, festivallar, karnavallar, badiiy ijodkorlik
ma’nosida ham ishlatiladi.
Katta ensiklopedik lug’atda o’yin nafaqat mahsuliy faoliyat bo’lib, uning motivi
natijalarida emas, aksincha jarayonning o’zida namoyon bo’lishi ko’rsatilgan. Bu
jarayon o’ynovchilarga rohat bag’ishlaydi, undan tomoshabin zavq-shavq oladi. SHu
sababli ham, u ta’limiy jarayonning samarali kechishida muhim rol o’ynaydi,
o’quvchining shaxs sifatida rivojlanishida, hayotda ishlash, o’quv-bilishga bo’lgan
qiziqishini oshirishda, psixologik tayyorlashda yordam beradi.
Jumladan, musiqali didaktik o’yinlar bolalarning musiqaviy-sensor qobiliyatini
rivojlantiradi va mustaqil faoliyatiga ham qo’shiladi.
Musiqali didaktik o’yinlar musiqa mashg’ulotlarda va bolalarning bo’sh
vaqtlarida o’tkazib o’ynaladi. Bolalarning mustaqil o’yinlarida musiqali didaktik
o’yinlar ularni qo’shiq aytishga, raqs tushishiga, bolalar cholg’u asboblarini chalishga
bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi va ijod qilishga undaydi.
Umuman, o’yin tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, uni bir qoida bilan ifoda
etish qiyindir. Ko’pincha bu savolga javob olish uchun «Har bir odam nima uchun
o’ynaydi?» degan savol qo’yilgandagina unga kengrok javob olish mumkin.
Aksariyat pedagoglar o’yinni bilish kobiliyatlarini faollashtiruvchi vosita deb
qaraydilar. U mahsulot emas, xizmat turi ham emas, lekin insonlar o’z umrini o’yin
bilan bog’laydilar. Nima uchun?
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 181 ~
O’yin pedagogik madaniyat fenomeni bo’lib kelgan. Inson hayotida u muhim, hal
kiluvchi omil sifatida ilmiy izlanuvchilarni qiziqtirib kelgan. O’yin organizmda
ortikcha energiyadan halos bo’lish, charchash va vaqtida kuchni foydali holda ishlatish,
ayrim holda uni tiklashda ham yordam beradi.
O’yin insonning hayotiy muvozanatini saqlashda, uning faolligini oshirish orqali
organizmda ishlamay turgan a’zolarini ishga, harakatga keltirib yuboradi. SHu sababli
ham o’yin organizmdagi yaxshi energiyalarni hosil qiladi va tiklaydi. YA’ni, o’yin
doimiy o’zlikni saqlab turuvchi ta’limiy jarayondir. O’quvchini o’yinga jalb etish
keyingi mehnat va hayotiy faoliyatga tayyorlovchi vositadir.
XULOSA
Demak, o’yin o’quvchi-talabaning ichki ehtiyoji bo’lib, ularda faollikni oshiradi,
ruhiyatni ko’taradi. O’yin bolaning muloqotga kirishuvchanligini oshirib, uning
rivojlanishiga olib keladi. Buning oqibatida bola muvaffaqiyat qozonishga intiladi,
uning ziyrak, hushyor bo’lishga, zavqlanishga o’rganadi. U olamni bilish, o’rganish
harakatida bo’ladi. Intizomli bo’lish, chaqqonlik, tez fikr yuritishga intiladi. Ta’lim-
tarbiya jarayonida o’zligini namoyon qilish uning kundalik yashash tarziga aylanadi.
TAVSIYALAR
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra
guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng
esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli
mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga
ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh-jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam
vujudga kelishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |