110
texnikaviy rivojlanish darajasidan iborat bo‗ladi. Hokimiyatning
asosi harakatdagi
qonunchilik tizimi va uning ijrosini ta‘minlovchi institutlar, tashkilotlar bilan ifodalanadi.
HOKIMIYATNING IQTISODIY ASOSI
— mamlakatdagi mulkchilik shakli,
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi ichki maxsulot hajmi, sanoat va qishloq xo‗jaligi
maxsulotlari nisbati, maxsulot ishlab chiqarishning texnologik darajasi va strategik tabiiy
resurs-oltin zaxiralari tashkil qiladi.
HOKIMIYATNING MA‟MURIY-ZO„RAVONLIK ASOSI
—
bu davlatning
to‗laqonli faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlovchi hokimiyat muassasalarining yig‗indisi va
ularning boshqaruv apparatlaridir. Ular tarkibiga qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
hokimiyatlarning
muhim tizimlari, shun., davlat milliy xavfsizlik xizmati, razvedka va
ichki ishlar vazirligi kiradi.
HOKIMIYATNING
MADANIY-MA‟MURIY
(AXBOROT) ASOSI
—
mamlakat
madaniy salohiyati, boyliklarini o‗zida mujassamlashtirgan va davom
ettiradigan tashkilotlar tizimi,
ommaviy axborot vositalari, razvedkaga oid xabar va
ma‘lumotlarni jamlovchi va qayta ishlab chiqaruvchi tartibot,
xalqaro va milliy
kompyuter tarmog‗i tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: