Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   462
LUG\'AT

 IDENTIFIKATSION IXTILOF
— siyosiy ixtiloflarning uch asosiy turlaridan 
biri. O‗zini jamiyat (davlat) bilan, muayyan guruh (etnik, demiy, til) bilan bog‗liq, deb 
tan oluvchi jamiyatlar uchun xos. Irqlar etnik yoki til qarama – qarshiligi mavjud hollarda 
vujudga keladi. 
IDENTIFIKATSIYA
(lot. o‗xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) —
aniqlash, qiyosiy; tenglashtirish. Subyekt o‗zini jamiyat, davlat, muayyan guruh bilan 
bog‗liq, deb anglashi. 
IDENTITAR DEMOKRATIYA 
— u jamiyat va shaxs (millat, sinf) 
manfaatlarining umumiyligi, xalq – hokimiyatning yagona manbai ekanligi, vakolatli 
hokimiyat – to‗laligicha xalq manfaatini ifodalashidan kelib chiqadi. Demokratiyaning 
ushbu nazariy modelini J.J.Russo ishlab chiqqan. U sotsialistik demokratiya tarzida XX 


117 
a. davomida amal qildi. Hozir ham, mas., XXR o‗z islohotlarida kollektivistik 
demokratiya modeliga asoslanyapti. 
IDEOKRATIYA 
(yun. 
idea
– tushuncha, tasavvur) — g‗oya va mafkuralar 
hokimiyati. Bu termin rus olimlari (N.S.Trubeskiy, P.B.Savitskiy) ―bozor tizimi‖, 
―materiya hokimiyati‖ tushunchalari orqali qayta taklif etildi. I. haqidagi 
V.V.Aksyuchits, A.G.Duginlarning yozmalari bizgacha yetib kelgan. I. siyosiy qarorlar 
mafkuraviy tamoyillarga asosan qabul qilinuvchi, hamda siyosiy faoliyat mafkuraga 
asoslangan, ilohiylashgan siyosiy hokimiyat turi. 
IDEOLOGIYA
(yun. 
idea 
– g‗oya, 
logos 
– ta‘limot) — tasavvur va tushunchalar 
to‗g‗risidagi ta‘limot. Ijtimoiy ongning turli shakllarida (falsafa, siyosiy qarashlar, axloq, 
san‘at, din) ifodalangan tushuncha, tasavvur, g‗oyalar tizimi, mafkura. 
IDEYA
(yun. 
idea
– obraz, tushuncha, g‗oya) — voqelikni kishi ongida aks etishi, 
ayni vaqtda insonni o‗zini o‗rab turgan predmet va hodisalarga bo‗lgan munosabatini 
ifodalovchi tushuncha, g‗oya.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin