Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   462
LUG\'AT

HUQUQ 

 
davlatning irodasini ifodalaydigan va uning kuch bilan himoya 
qiladigan umumiy majburiy normalar majmuasi (tizimi). Huquq to‗g‗risidagi bunday 
tasavvur mamlakatimiz yuridik adabiyotidagina emas., xorijiy yuridik adabiyotida ham 
juda keng tarqalgan. Huquqni ijtimoiy hodisa va tushuncha sifatida tahlil etishda, uning 
quyidagi belgilari va xususiyatlari alohida ajratib ko‗rsatiladi. H. - avvalo fe‘l-atvor 
normalari yoki qoidalari majmuasi, aniqroq qilib aytganda – sistemasidir. Bular 
normalarning tasodifiy yig‗indisi emas., balki muayyan fe‘l-atvor qoidalarining qat‘iy 
sinovdan o‗tkazilib, tartibga solingan majmuasidir. Har qanday tizim kabi u ham bir 
tartibga solingan, o‗zaro bog‗langan va bir-biri bilan hamohang amal qiladigan 
elementlar (unsurlar)dan hosil bo‗ladi. H. normalari yoki fe‘l-atvor qoidalari ham huddi 
shunday bo‗ladi. Tizim ichki tomondan yaxlit va ziddiyatsiz bo‗lishi kerak. Uning ayrim 
tarkibiy unsurlari - normalari o‗rtasida vujudga keladigan aloqalar normalarning o‗zi kabi 
tartibga soluvchilik vazifalarni va b. vazifalarni boshqarishga, yagona maqsadga 
erishishga qaratilishi kerak. H. – davlat belgilab qo‗ygan yoki ijozat bergan normalar 
tizimi. Ko‗pdan-ko‗p turli ijtimoiy normalar mavjud, ammo faqat huquqiy normalarni 
davlat belgilab beradi. Boshqa normalarning hammasi turli nodavlat tashkilotlar-jamoat 
birlashmalari, partiya tashkilotlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan belgilanadi 
va rivojlantiriladi. Huquqiy hujjatlar referendum yo‗li bilan ham qabul qilinishi mumkin. 
H. doimo uning asosi bo‗lmish davlat irodasini ifodalaydi, uning irodasi esa o‗z 
navbatida, mamlakatimiz va chet el yuridik fanidagi konsepsiyalarga binoan, hukmron 
guruh, jamiyat, xalq yoki millat irodasini mujassamlashtiradi. Davlat va huquqning 
mavjudligi hamda faoliyat yuritishidagi jahon tajribasidan ma‘lumki, h. da avvalo 
hukmron yuqori tabaqaning irodasi ifodalanadi. Shu bilan bir hukmron yuqori tabaqa 
ijtimoiy portlashlardan va o‗zining imtiyozli mavqeyini yo‗qotib qo‗yishdan xavfsirab, 


114 
ko‗pincha qo‗l ostidagilarning irodasi va manfaatlari bilan hisoblashishga majbur bo‗lishi 
ham inkor etib bo‗lmaydigan holatdir H. umumiy majburiy xarakterdagi normalar yoki 
fe‘l-atvor qoidalari tizimidan iborat. Umumiy majburiy degan tushuncha huquq 
normalarida bayon etilgan talablarning jamiyat barcha a‘zolari tomonidan albatta 
bajarilishini bildiradi. Bu tushuncha huquq normasi bilan birga vujudga keladi, u bilan 
birga rivojlanadi va o‗zgarib boradi. H. davlat tomonidan himoya qilinadi va 
ta‘minlanadi, huquq normalarida bayon etilgan talablar buzilgan taqdirda, davlatning 
majburlash choralari bilan qo‗llab-quvvatlanadi. Davlat o‗zi chiqaradigan yoki ijozat 
beradigan hujjatlarning taqdiriga befarq qaray olmaydi, ularni amalga oshirilishi uchun 
barcha sharoitni yaratadi, ularni buzulishdan himoya qiladi va ularni kafolatlaydi. 
Davlatning majburlash choralari bu borada keng foydalaniladigan usullardan biridir. Bu 
usul faqat qonun doirasida va asosida, shun., qonunda ko‗zda tutilgan protsessual 
qoidalarga muvofiq ravishda harakat qiladigan va buning uchun vakolat olgan organlar 
tomonidan qo‗llanilishi lozim. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin