169
egalarining o‗z korxonalarini yopib qo‗yishi, ishchilarni ommaviy ravishda ishdan
bo‗shatishda o‗z ifodasini topadi. Korxona egalari zabastovkaning oldini olish yoki
bostirish, ishchilarni o‗zlari qo‗ygan talabaridan qaytarish va korxona egalarining
shartlarini qabul qildirish maqsadida L.dan foydalanadilar.
LONGITIED TADQIQOT
(ingl. uzoqlik) — bir xil shaxslar, guruh yoki
obyektlarni uzoq vaqt kuzatish va ma‘lum bir davr o‗tgach ular orasidagi so‗rovni qayta
o‗tkazish, natijalarni avvalgilari bilan qiyoslashga asoslangan tadqiqod usuli.
LOQAYDLIK
— q. Apatiya.
LORD
(ing.
lord
-xo‗jayin, uy boshlig‗i) — 1) Buyuk Britaniyada dvoryanlarning
nasldan-naslga o‗tadigan unvoni. 2) Buyuk Britaniyada ba‘zi yuqori lavozimli
shaxslarning nomi: L.-kansler – yustitsiya vaziri va lordlar palatasining raisi, L.-mer –
qator yirik shaharlardagi munitsipal muassasalarning boshlig‗i.
LOTIN AMERIKASI UCHUN IQTISODIY KOMISSIYASI
— BMTning
mintaqviy tashkiloti, 1948-yil tuzilgan. Mintaqadagi 27 ta davlat, AQSH, Kanada,
Fransiya, Ispaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya komissiya a‘zosidir. Maqsadi –
mintaqadagi davlatlar o‗rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishiga
ko‗maklashishdan iborat.
LOYALLIK
(fr.
loyal
– sodiq, ishonchli) — 1) qonunlarni, hokimiyat organlarining
qaror va talablarini bajarish. 2) Befarq munosabat, xushmuomalalik, betaraflik, biron-bir
nomunosib yoki yomon niyatli harakatdan bosh tortish.
Dostları ilə paylaş: