172
birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar umumiyligi bilan bog‗langan
kishilar jamoasi birligidir.
MAHALLIY
DAVLAT
HOKIMIYATI
ORGANLARI
(O‗zbekiston
Respublikasida) — joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga
molik hamma masalalarni o‗z vakolatlari doirasida o‗zlari hal etadilar, umumdavlat
mafaatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-
g‗unlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy bo‗g‗ini sifatida yuqori
davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini ta‘minlaydilar. M.d.h.o.: qonuniylikni,
huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash, hududlarni iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish,
mahalliy soliqlar, yig‗imlar belgilash, budjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‗jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik
holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: