Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   462
LUG\'AT

MARKAZLASHUV
— mahalliy bo‗g‗imlarning oliy hokimiyat organlariga 
bo‗ysunishiga asoslangan boshqaruv tizimi. Butun tizim yagona markazdan boshqariladi. 
Hokimiyatdagi doimiy tendentsiyalardan biri. 
MARKETING
(siyosiy marketing) — 1) bozor qoidalarini bilish, ularga 
moslashish va unga ta'sir qilishning zamonaviy usullarini qo‗llash. 2) siyosatni siyosatchi 
va xalq, nomzod va saylovchi o‗rtasidagi ratsional munosabatlar tarzida tushunishdan 
kelib chiqib, yetakchilikka da'vogar shaxsning sifatlari va fazilatlarini saylovchilarga 
(fuqarolarga) ma'qul tarzda ko‗rsatish. 
MARKSIZM
— K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy 
ta'limot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini 
(Smit, Rikardo va b.), fransuz hayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Fure va b.) o‗rganishga 
tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qo‗shimcha 
qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm haqidagi soxta ta'limotni 
ishlab chiqdilar. 
MASLAHAT 
OVOZI
— saylab qo‗yiladigan organlar yoki xalqaro 
tashkilotlarning ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etish. 


178 
MATBUOT
— barcha bosma mahsulotlar majmui; tor ma'noda davriy nashrlar, 
asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi (sinonimi 

pressa). M. ijtimoiy ongning o‗tkir va 
ta'sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta'sir ko‗rsatadi, 
jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda 
qudratli g‗oyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va b.) yo‗nalishlarda yoritadi. 
MATEMATIK MODELLASHTIRISH
— ijtimoiy borliq xususiyatlarini 
matematik tilda bayon etish imkonini beruvchi emperik tadqiqod usullaridan biri. 
Borliqning tadqiqodchi uchun ahamiyatli tomonlarini lo‗nda va abstrakt shaklda aks 
ettiradi; tadqiq qilinayotgan mas.,ing asosiy muammolarini aniq tasavvur etish; sifatiy 
usullar yordamida olib bo‗lmaydigan xulosalarga kelish imkonini beradi; tahlil uchun 
elektron texnikasidan faol foydalanishga asoslanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin