Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   462
LUG\'AT

MENEJMENT
(ing. 
management
– boshqarish, tashkil etish) — maxsus 
boshqarish faoliyati; samarali ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, boshqarish 
to‗g‗risidagi fan. M. fanining mazmuni boshqaruv tizimi va b.ruv obyekti orasidagi 
o‗zaro munosabat bo‗lib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, 
rahbarlik san'ati sirlarini urganishdan iborat. Boshqaruv 

tanlov, qaror qabul qilish va 
uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. 
MENTALITET
(lot. 
mentalis

aqliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos 
aqliy qobiliyat darajasi, ma'naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning M.i ularning 
o‗ziga xos tarixiy an'analari, urf-odatlari, diniy e'tiqodini ham qamrab oladi. Har bir 
millatning M.i uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha 
omillar bilan bog‗langan bo‗ladi. Macalan, o‗zbek millati M.ining shakllanish jarayoni 
deyarli uch yarim ming-yillik tarixga ega. O‗zbek xalqi insoniyat moddiy va ma'naviy 
madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning M.i, aqliy qobiliyati o‗tkirlashib 
borgan. Ammo XVI-XX a.lar oralig‗ida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini 
boshidan kechirganligi tufayli milliy M.iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi 
oldida o‗zbek xalqining haqiqiy M.ini tiklash vazifasi turibdi. 
MERITOKRATIYA
(lot. munosib va yun. hokimiyat) — shaxsiy xizmatlariga 
ko‗ra saylanuvchi hukumat boshqaradigan jamiyat. 1958-yilda ingliz sosiologi M.Yang 
tomonidan kiritilgan, 1973-yilda D.Bellning ‖postindustrial jamiyat shakllanishi‖ 
asaridan so‗ng byurakratiya va texnokratiyani yo‗q qilish, shun., jamiyatning sinfiy 
tarkibini o‗zgartirish imkonini beruvchi jamiyatni boshqarishning yangi tamoyili sifatida 
qarala boshlandi. M. siyosiy elita tarkibiga jamiyatda alohida obro‗ qozongan (jamiyat va 
xalq oldida xizmat ko‗rsatgan, tanilgan), is'tedodga ega bo‗lgan shaxslarni kiritish. 
MERKANTILIZM
(fr. 
mercantilisme
, ital. 
mercante

savdogar) — 1) iqtisodiy 
tafakkur tarixida muhim yo‗nalishlardan biri, xukmron hokimiyat va savdogarlar 
mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamg‗arilishi 
davrida davlatning xo‗jalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. 
MESSIYA
(qadimgi yahudiycha 
mashiax
- xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz 
shaxs, payg‗ambar, maxdiy) — ko‗p dinlar (iudaizm, xristianlik, islom va b.) da xudo 
tomonidan tanlab olinib vakil qilingan, erda zulmni yo‗q qilib, adolat o‗rnatish uchun 
yuboriladigan xaloskor. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin