MAXSUS SIYOSIY ONG — bu qoida bo‗yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil
bo‗lgan ongdir. Bu ongni siyosiy xujjatlar (dasturlar, doktrinalar) da ifoda etilgan va
siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan
siyosiy tasavvurlar, qarashlar, konsepsiyalar tashkil qiladi. Dastlab M.s.o. kam sonli
kishilarning, elitalarning mulki hisoblanadi. Uning sohiblari
– siyosiy partiyalar va b.
siyosiy tashkilotlar va birlashmalardir. Ular muayyan yo‗nalish bo‗yicha ommaviy ongni
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini
belgilaydi.
MAZHAB — mavjud dinlardagi yo‗nalishlar yoki oqimlar. Diniy yondoshuv,
e'tiqodiga muvofiq, shun., diniy-siyosiy jihatdan ham farqlanib turadi.
MEDIAKRATIYA (ing.
mass media – ommaviy axborot vositalari) — dunyo
aholisi ustidan zamonaviy medianing qudratli ta‘siri va hokimiyati. Ular (OAV)ga
ko‗proq ―to‗rtinchi hokimiyat‖ sifatida qaraladi.
MEGASIYOSAT — jahon yoki ma'lum hudud miqyosida xalqaro tashkilotlar
(BMT, NATO, EI, ShAS, ODKB va x.k.) tomonidan olib boriladigan siyosat.
MEMORANDUM (lot.
memorandum – esda tutmoqlik) — 1) diplomatik hujjat;
biror davlatning diplomatik yo‗l bilan muhokama qilinishi lozim bo‗lgan masalalar
yuzasidan o‗z nuqtai nazarini bayon qilib yozgan nomasi. Odatda, notaga ilova qilinadi
yoki boshqa mamlakat vakiliga shaxsan topshiriladi; 2) savdo tizimida hisob-kitob,
qarzdorlik bilan bog‗liq bo‗lgan xat; 3) biron masala bo‗yicha bildirishnoma, xizmat
ma'lumotnomasi.
MENEJER (ing.
manager – boshqaruvchi) — 1) korxona va kompaniya egalari
bo‗lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‗rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur
biluvchi malakali mutaxassis
– yollanma boshqaruvchi; 2) rivojlangan mamlakatlarda
kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega
bo‗lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchi kabi rahbar
xodimi; 3) obligasiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o‗tkazish
bilan shug‗ullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruhdari ishtirokchisi. M. rivojlangan
mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida
M. xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil bo‗lib
qoladi.