Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   462
LUG\'AT

MAXSUS SIYOSIY ONG
— bu qoida bo‗yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil 
bo‗lgan ongdir. Bu ongni siyosiy xujjatlar (dasturlar, doktrinalar) da ifoda etilgan va 
siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan 
siyosiy tasavvurlar, qarashlar, konsepsiyalar tashkil qiladi. Dastlab M.s.o. kam sonli 
kishilarning, elitalarning mulki hisoblanadi. Uning sohiblari 

siyosiy partiyalar va b. 
siyosiy tashkilotlar va birlashmalardir. Ular muayyan yo‗nalish bo‗yicha ommaviy ongni 
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini 
belgilaydi. 
MAZHAB
— mavjud dinlardagi yo‗nalishlar yoki oqimlar. Diniy yondoshuv, 
e'tiqodiga muvofiq, shun., diniy-siyosiy jihatdan ham farqlanib turadi.
MEDIAKRATIYA 
(ing. 
mass media
– ommaviy axborot vositalari) — dunyo 
aholisi ustidan zamonaviy medianing qudratli ta‘siri va hokimiyati. Ular (OAV)ga 
ko‗proq ―to‗rtinchi hokimiyat‖ sifatida qaraladi. 
MEGASIYOSAT
— jahon yoki ma'lum hudud miqyosida xalqaro tashkilotlar 
(BMT, NATO, EI, ShAS, ODKB va x.k.) tomonidan olib boriladigan siyosat. 
MEMORANDUM 
(lot. 
memorandum

esda tutmoqlik) — 1) diplomatik hujjat; 
biror davlatning diplomatik yo‗l bilan muhokama qilinishi lozim bo‗lgan masalalar 
yuzasidan o‗z nuqtai nazarini bayon qilib yozgan nomasi. Odatda, notaga ilova qilinadi 
yoki boshqa mamlakat vakiliga shaxsan topshiriladi; 2) savdo tizimida hisob-kitob, 
qarzdorlik bilan bog‗liq bo‗lgan xat; 3) biron masala bo‗yicha bildirishnoma, xizmat 
ma'lumotnomasi. 
MENEJER
(ing. 
manager

boshqaruvchi) — 1) korxona va kompaniya egalari 
bo‗lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‗rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur 
biluvchi malakali mutaxassis 

yollanma boshqaruvchi; 2) rivojlangan mamlakatlarda 
kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega 
bo‗lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchi kabi rahbar 
xodimi; 3) obligasiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o‗tkazish 
bilan shug‗ullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruhdari ishtirokchisi. M. rivojlangan 
mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida 
M. xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil bo‗lib 
qoladi. 


179 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin