184
xususan tashqi kuchlarning aralashuvi yoki o‗zlarini millatparvar qilib ko‗rsatuvchi,
aslida o‗zining jirkanch maqsadlarini amalga oshirish yo‗lida ataylab millatlararo
munosabatlar omilidan foydalanishga intilishga urinuvchi ichki kuchlarning aybi bilan
ham yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan millatlararo mojarolarni hal qilishda siyosiy
vositalardan foydalanish yo‗lidan borish zarur bo‗ladi.
MILLIY ONG
— siyosiy ongning yuqori darajasi va shaklidir. Bu darajada
mamlakat, millat manfaatlari chuqur anglanadi, rasmiy siyosat ishlab chiqiladi,
asoslanadi, amalga oshiriladi va ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Milliy ongning
sohiblari - xalq va uning irodasini ifoda etuvchi davlat va jamoat institutlaridir. Bu
institutlar xalq irodasini Konstitutsiya, turli qonun loyihalari, dasturlar, qarorlar va b.larni
ishlab chiqish, qabul qilish va ularni hayotga tadbiq etish yo‗li bilan ifoda etib uning
manfaatlariga xizmat qiladi. Milliy ongning eng muhim belgisi - millatning, turli - tuman
ijtimoiy guruhlarning umumiy manfaatlarni ifoda etish va uni turli - tuman falokatlardan
a.ashdir.
Dostları ilə paylaş: