Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   462
LUG\'AT

MILLIY MANFAAT
— xalqaro munosabatlarda ikki ma‘noda ishlatiladi:
1) tashqi siyosatning maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi tadqiqot quroli sifatida;
2) ma‘lum bir siyosatni oqlash uchun ishlatiladigan keng ma‘nodagi siyosiy tafakkur 
to‗g‗risidagi tushuncha sifatida. Har ikkala ma‘noda ham milliy manfaat davlat 
siyosatining tashqi muhit bilan o‗zaro munosabatga kirishga chorlovchi muhim omil deb 
qaraladi. U faqat suveren davlatga xos va asosan tashqi siyosatga taalluqli: ichki rang-
baranglik asosan davlat manfaati (jamiyat manfaati) deb hisoblanadi. M.m.lar borasida 
birinchi bo‗lib muntazam va chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan olim 

Charlz Berd 
fikriga ko‗ra, bu atama siyosiy tilga XVI a.da Yevropada kirib kelgan. Davlat hamda 
millatchilikning rivojlanishi bilan bir qatorda eskiroq atama «raison d‘Etat» ning o‗rnini 
egallay boshladi. U sulola yoki davlatga xos manfaatlarni emas., balki suverenitet va 


183 
davlatning qonuniyligi bilan bog‗liq jamiyat manfaatlarini ifodalagan. Shundan so‗ng, u 
xalqaro munosabatlarda davlat kuchi ishlatilishini asoslab bergan bir butunlikni ifodalay 
boshladi. Siyosiy tadqiqot quroli sifatida milliy manfaat siyosiy realizm maktabi bilan 
bog‗liq va uning ko‗zga ko‗ringan tarafdori Gans Morgentau hisoblanadi. Ushbu qarash 
uning uchun xalqaro siyosiy jarayonlarni tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan 
Mongentauning «kuchga ega bo‗lish va zarur bo‗lganda uni ishga solish davlatning 
birlamchi milliy manfaatidir» degan tezisi 1950 va 1960-yillar olimlar avlodiga va 
umuman ilmiy izlanishlar taraqqiyotiga chuqur ta‘sir o‗tkazdi. «Kuch – davlat xulq-
atvorida markaziy harakatlanuvchi vosita» sifatida talqin qilingan milliy manfaat 
Morgentau uchun boshqa omillar (asosan tamoyillar va ma‘naviy qadriyatlar siyosatni 
ishlab chiqish jarayonida asosiy o‗rinni egallashi mumkin degan tushuncha)ni 
hisoblamagan holda obyektiv va iqtisodiy o‗lchamga ega edi, ya‘ni bu prinsiplar yoki 
ma‘naviy qadriyatlar siyosatni belgilashda ustivor rol o‗ynashi va bunday rol qonuniy 
ravishda kuch ishlatishga tengdir. Mohiyatan milliy manfaat g‗oyasining ildizida milliy 
xavfsizlik yotadi. Bunda davlat himoyasi va hududiy yaxlitlikni saqlash muhim 
omillardan hisoblanadi. Boshqa barcha siyosiy afzalliklar shularga bo‗ysunishni 
anglatadi. Hayotiy muhim bo‗lgan manfaatlar tushunchasi davlat barqarorligi uchun 
asosiy ahamiyat kasb etuvchi muhim masalalarni bildiradi. O‗ta muhim manfaatlarni 
himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash uchun xatto harbiy kuch ishlatilishi ham mumkin. 
Shunga qaramay, hayotiy ahamiyatga ega bo‗lgan manfaatlar faqat milliy saqlanish 
masalalari bilan bog‗liq bo‗lmasligi mumkin. Mas., Vetnam urushi AQSHning hududiy 
milliy yaxlitligiga hech qanday tahdid qilmagan holda ba‘zi bir ma‘muriyatchilar 
tomonidan hayotiy muhim manfaat deb topilgan. Boshqa qarashlar esa, undan yuqori 
ahamiyatga ega – qulay dunyo tartibi va muvozanatini o‗rnatish, iqtisodiy barqarorlik
g‗oyaviy tamoyillar, qo‗llab-quvvatlash kabi tushunchalarni o‗z ichiga oladi. Mana shu 
barcha oddiy va murakkab tushunchalar bir vaqtning o‗zida qaror qabul qilishda boshqa 
barcha omillar orasida muhim o‗rin egallashi mumkin. Manfaat tomonidan keltirib 
chiqarishi mumkin bo‗lgan turli darajadagi taranglik holatining modellari va 
matritsalarini ishlab chiqishga qaratilgan barcha harakatlarda (xoh u saqlanish, xoh u 
hayotiy muhim, xoh umumiy yoki ikkinchi darajali xususiyatlarga ega bo‗lsin) 
subyektivizm ustunlik qiladi. Bir tomon uchun ikkinchi darajali bo‗lgan manfaat ikkinchi 
tomon uchun hayot-mamot masalasi bo‗lishi mumkin. Ushbu konsepsiya tashqi siyosat 
tadqiqotida asosiy faktor bo‗lib, siyosiy tafakkurda ishlatilaveradi. Lekin ilmiy izlanish 
quroli sifatida uning imkoniyatlari cheklangan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin