MIKROSIYOSAT — jamiyatdagi ayrim tashkilotlar: partiya, kasaba uyushmalari,
yoshlar harakati, korxona, firma, mahalla va shunga o‗xshash siyosat subyektlarining
mahalliy miqyosda amalga oshiriladigan siyosat. Unda ham umumdavlat miqyosida olib
boriladigan siyosatdagi kabi aloxida olingan jamoa oldida turgan maqsad-vazifalar
belgilanadi, mavjud muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqiladi, turli
masalalar bo‗yicha qaror va ko‗rsatmalar qabul qilinadi, xizmat lavozimlari, olingan
foyda, daromad taqsimlanadi, ma'muriy jazolash yoki rag‗batlantirish tatbiq qilinadi,
shaxs va guruhlarning hokimiyatni qo‗lga kiritish va o‗z manfaatlarini qondirish uchun
harakat, intilishlari amalga oshiriladi.
MILITAKRATIYA (ing.
militacracy , lot.
militaris – harbiy) — jamiyatda
harbiylarning hukrmronligi.
MILITARIZM (lot.
militaris – harbiy) — muayyan mamlakat hukmron
doiralarining davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida foydalanadigan siyosiy,
iqtisodiy va g‗oyaviy vositalari tizimi. M. Davlatning harbiy qudratini muntazam oshirib
boorish va bu bilan bir vaqtda xalqaro va ichki mojarolarni hal qilishda harbiy qudratdan
foydalanish mumkinligi, oqlashga yo‗naltirilgan vayronkor mafkura. ―M.‖ atamasi ilk
bor XIX asrda Fransiyada Napolion III tartibotini oqlash uchun qo‗llangan edi.
Keyinchalik u kengroq ahamiyat kasb etdi. Qurollanish poygasi, harbiy budjetlarning
o‗sishi, chet ellarda harbiy kuchlarni ushlab turishga zo‗r berish, bosqinchilikni
ko‗zlovchi harbiy-siyosiy bloklar tuzish, mamlakat iqtisodiyoti va uning tashqi hamda
ichki siyosatida harbiysanoat majmuining ta'sirini kuchaytirish M.ga xosdir. M. ―sovuq
urush‖, ―qurollanish poygasi‖ singari tashqi siyosiy konsepsiyalar, ―kuch ishlatish
pozitsiyasidan‖ va ―urush ostonasida‖, ―nazorat qilinadigan keskinlik‖, ―psixologik
urush‖, ―ommaviy qasos‖, ―moslashuvjan javob‖, ―realistic tiyib turish‖ va h.k. kabi
siyosat bilan chambarchas bog‗liq. M. tartibotida davlatning harbiy (mudofaa)
salohiyatini ta‘minlovchi harbiy iqtisodiyot iqtisodiyotning eng muhim va rivojlangan
tarmoqlaridan biriga aylanadi.
MILLAT — 1) uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy
jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o‗zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq
etnik tarixining eng yuksak cho‗qqisi, o‗ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida
181
tarkib topgan ijtimoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy
turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg‗unligi va mushtarakligi demakdir.
2)