Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   462
LUG\'AT

MANSABDOR SHAXS
davlat organlarida, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish 
organlarida, davlat, munisipal muassasalarida, shun., Qurolli Kuchlarda, boshqa 
qo‗shinlar va harbiy tuzilmalarda hokimiyat vakili vazifalarini doimiy, vaqtincha yoki 
maxsus vakolat bo‗yicha amalga oshiruvchi yoxud tashkiliy-boshqaruvchilik, ma'muriy-
xo‗jalik vazifalarini bajaruvchi shaxs. Bunday shaxs O‗zbekiston Respublikasi jinoyat 
huquqida mansabdorlik jinoyatlarining subyekti hisoblanadi. M.sh.lar qonunda 
mansabdor va mas'ul M.sh.larga ajratilgan. Mas'ul M.sh.larga hokimiyat vakillari; davlat 
korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo‗yicha doimiy yoxud 
vaqtincha tashkiliy-boshqaruv yoxud ma'muriy-xo‗jalik vazifalarini bajarish bilan bog‗liq 
lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat 
berilgan shaxslar; mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat 
vakolati berilgan jamoatchilik vakillari; tashkiliy-boshqaruv yoxud ma'muriy-xo‗jalik 
vazifalarini fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarida bajarish bilan bog‗liq 
mansablarni egallovchi shaxslar kiradi. 
MAQOM
(
siyosiy maqom
) — insonning jamiyat siyosiy tizimidagi o‗rni, uning 
ajralmas siyosiy huquqlar va erkinliklari birligi; Saylab qo‗yiladigan shaxslar, fuqarolar, 
davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan 
rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yig‗indisi. Maxsus 
hollarda geografik joylar (shaharlar)ni boshqa joylardan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy 
jihatdan ajratib olishda qo‗llaniladi. 
MARGINAL
(lot. chet, chekka) — shaxs, ijtimoiy qatlam yoki guruh muayyan 
jamiyat uchun xos tuzilmalar, ijtimoiy-madaniy me'yorlar, siyosiy an'analar, 
xususiyatlarining ayrimlarini yoki barchasini yo‗qotish. U aholi va individlarning jamiyat 
tarkibida gorizontal va vertikal ko‗chishi imkonyatlari kengayishi bilan bog‗liq. 
MARGINAL GURUH
— bir-birini istisno qiluvchi qadriyatlar, me'yorlar 
ta'siridagi, turli ijtimoiy guruhlar, tizimlar, madaniyatlar chegarasidagi odamlar guruhi. 
Barqaror yashash muhtiga ega bo‗lmagan, madaniy va ijtimoiy-etnik birhilligini 
yo‗qotgan oraliq qatlamlar. 
MARIONETKA
— ko‗chma ma‘noda 

o‗zga qo‗llarda ―qo‗g‗irchoq‖ bo‗lgan 
inson, hukumat, davlat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin