175
ko‗ra, shaxs, guruh va jamiyat m.lariga bo‗linadi. M. qaysi ehtiyojlarni qondirish bilan
bog‗liqligini hisobga olib moddiy va ma'naviy m.larga bo‗linadi. Ma'naviy m.lar esa, o‗z
navbatida, siyosiy, ruhiy, axloqiy va b. turlarga bo‗linadi.
MANFAAT GURUHLARI
— fuqarolar o‗zlarining davlat bilan munosabatlarida
hokimiyatga doir manfaatlarini bayon etish yoki himoya qilishi uchun ixtiyoriy tarzda
birlashgan maxsus yoki moslashtirilgan tashkilotlari. Ular siyosiy partiyalardan
maqsadlari, faoliyat usullari, hokimiyatga ta'sir resurslari va b. belgilariga ko‗ra farq
qiladi. M.g. rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida
ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular
siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). M.g. siyosiy maqsadlarga erishish uchun
ixtiyoriy ravishda guruhlarga birlashgan odamlar faoliyati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: