MAHALLIY O„ZINI O„ZI BOSHQARISH — hokimiyatning bir turi;
fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta‘minlash, davlatning ayrim
funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Ko‗pchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda
davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u erda faqat M.o‗.o‗.b. organlari tuziladi.
Mas., Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yig‗ilishlar,
kengashlar, qo‗mitalar va shu kabilar), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari
(mahalliy ma'muriyat), yig‗inlari va b.lar M.o‗.o‗.b.ni amalga oshiradi. M.o‗.o‗.b.
organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. M.o‗.o‗.b. organlarining
tuzilishini aholi o‗zi mustaqil belgilaydi. M.o‗.o‗.b. organlariga qonun asosida ayrim
davlat vakolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga
oshiriladi. O‗zbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, M.o‗.o‗.b.
organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shun., ular tarkibidagi
mahallalarda fuqarolarning yig‗inlari o‗zini o‗zi boshqarish organlari hisoblanadi.
MAHALLIYCHILIK — kishilarda o‗zlari tug‗ilib o‗sgan joy bilan bog‗liq holda
shakllanadigan hududiy yaqinlik tuyg‗usining salbiy shaklda namoyon bo‗lishi. U
kishilarning urug‗-aymoqchilik va qon- qarindoshlik aloqalari bilan bog‗langan birligini
ham anglatadi.
MAJBURLOVCHI RESURSLAR — hokimiyatning asosini tashkil etuvchi
vositalardan biri. Bu ma'muriy jazolash bilan bog‗liq bo‗lgan vositalardir. Utilitar
resurslar ish bermay qolsa, undan foydalaniladi. Bunga iqtisodiy sanksiyalardan
hayiqmaydiganlarga sud orqali ta'sir qilishni ko‗rsatish mumkin.
MAJLIS — 1) rasmiy doiralarda qo‗yiladigan mas.i muhokama qilish uchun
bo‗ladigan yig‗ilish va muhokama jarayoni; 2) ayrim mamlakatlar ning qonun
chiqaruvchi organlarida M. Atamasi qo‘llanilgan (O‗zbekistonda Oliy Majlis, Turkiyada
Buyuk Millat majlisi, Eronda Islomiy Kengash majlisi, Ozarbayjonda Milliy Majlis deb
yuritiladi.)da qonun chiqaruvchi organ (parlament yoki parlament palatasi)ning nomi.
MAJORITAR (fr
. majoritaire – ko‗pchilik) — ko‗pchilikka taalluqli, tegishli;
ko‗pchilikka asoslangan. Ba‘zan ―ko‗tarinki‖, ―quvnoq kayfiyat‖ ma‘nolarini ham
bildiradi.