MAFKURA (siyosiy mafkura) — hokimiyatning unga doir munosabatlar
mavqeiga tegishli muammolar bilan chambarchas bog‗liqdir. M.s. turli xil muammolarga
ega bo‗lishiga qaramasdan, jamiyat va siyosiy tizim haqidagi aniq konsepsiyani, uni
amalga oshirish borasidagi yo‗l-yo‗riqlar va vositalarga ega bo‗lishni tan olishga
asoslanadi. M.s. bir vaqtning o‗zida integrativ chegaralovchilik funksiyalarni bajaradi.
M.s. siyosat subyektlari sifatida insonlar o‗rtasidagi o‗zaro institusional munosabatlarga
ahamiyat qaratish, aniq ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda siyosiy borliqni tushuntirish, uni
asoslab berish, shun., himoya qilish yoki uni inkor etishga asoslanadi. M.s. siyosiy
tizimlar shakllanishida ishtirok etib, turli ijtimoiy qatlamlar birligini ifodalashga xizmat
qiladi. Siyosiy mafkuralarning nazariy-konseptul, dasturiy-siyosiy va dolzarblashgan
darajalari mavjud.
MAFKURAVIY IMMUNITET (lot.
immunitet – ozod bo‗lish, qutilish) —
deganda organizmning doimiy ichki muayyanlikni saqlashi, o‗zini turli xususiyatlarga
ega ta‘sirlardan, uni tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‗lgan
reaksiyalar majmui tushuniladi. Ayni mafkuraviy immunitet jamiyat hayotining eng
nozik jihatlaridan, fuqarolarning his-tuyg‗ularidan, maqsad va intilishlaridan, ma‘naviy-
ma‘rifiy va ruhiy-ahloqiy darajasidan kelib chiqadi. Agar mafkura insonlik sha‘ni bilan
bog‗liq bo‗lgan hissiyotdan kelib chiqsagina insonni boshqaradi, yo‗lga soladi. G‗oyaviy
tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g‗oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy
immunitetni shakllantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan
jarayondir. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‗oyani zo‗r
berib tiqishtirish emas., balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g‗oyalarga qarshi
hushyor va ogoh bo‗lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. Yoshlarga mafkuraviy
immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar muhim rol o‗ynaydi. Mafkuraviy immunitetni
shakllantirish – g‗oyaviy-tarbiyalash ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.