Siyosiy fan metodologiyasi va usullarining shakllanish jarayoni



Yüklə 24,5 Kb.
səhifə1/5
tarix13.05.2023
ölçüsü24,5 Kb.
#112892
  1   2   3   4   5
Fanning metodologiyasi


Fanning metodologiyasi


Reja:


  1. Siyosiy fan metodologiyasi va usullarining shakllanish jarayoni

  2. Biosiyosat.

  3. Siyosiy fan uslublari


Siyosiy fan metodologiyasi va usullarining shakllanish jarayoni
Siyosatni tushunish va uni o'zgartira olish uchun u haqda ko'proq bilimga ega bo'lish kerak. Bilimga qay tarzda ega bo'lish mumkin? Bu - uslublar haqidagi savol. Siyosiy borliqni o'rganish, bayon etishning hamma uchun umumiy, obyektiv tilini ishlab chiqish va qo'llash-metodologiya bilan bog'liq. Shunday qilib, metodologiya-fandagi eng asosiy masalalardan biri. U ilm olish quroli, texnologiyasidir.
Siyosiy fanda ham boshqa fanlardagi kabi metodologiya:
• turli uslublarni yoki bir nechta uslublarning muayyan birligini siyosiy bilim olish uchun qo'llash;
• tadqiq etilishi lozim bo'lgan masalani to'g'ri qo'ya bilish, uni to'g'ri bayon etish;
• ushbu muammoga mos yondashuvlarni, vositalarni to'g'ri tanlay bilish kabi masalalar bilan bog'liq.
Metodologiya va uslublarning siyosiy fan doirasida rivojlanishi - uning predmeti rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Ular siyosiy fikr rivoji davomida asta- sekin shakllanib borgan. Ular bir davrning o'ziga xos uslublari, yondoshuvlari mavjud.
Taxminan XX asr boshlarigacha ijtimoiy - siyosiy tadqiqotlar amaldagi voqea- hodisalarni bayon etib, qiyoslab, ular asosida mantiqiy - falsafiy, axloqiy, qadriyatiy xulosalarni ishlab chiqqan. XIX asr davomida siyosiy fikrda tarixiy-qiyosiy va me’yoriy- institutsional uslublar etakchilik qilgan.
XX asr boshlaridan dunyo xususiyatlarini bilishga qaratilgan aks etgiruvchi bilim o'rnini yangicha yondashuvlar egallay boshladi. Ularga ko'ra siyosat bir turdagi gomogen dunyo bilan emas, xilma - xillikka asoslangan, ko'p o'lchovli va ko'p markazli dunyo bilan ish ko'radi. Bu yondoshuvlarda bilim - inson manfaatiga hizmat qiluvchi, umuman, hayotni saqlab qolishga qaratilgan vosita sifatida qaraladi. Shuning uchun ham bilim-haqiqiy bo'lishi, ya’ni odamlarning hayot haqidagi tasavvurlari,orzu- umidlariga emas, real hayot, real -faktlarga tayanishi lozim, degan qarashlar bu davrda ustunlik qila boshlaydi.
Yagona, universal bilim olish yo'lini topishga intilish - ijtimoiy fanlar boshidan kechirgan murakkab yo'ldir. Masalan, uzoq vaqt mobaynida ijtimoiy fanlarning metodologik asosini formatsion yondashuv tashkil etgan. U Marks tomonidan faol qo'llangani va keyinchalik sovet ijtimoiy fani doirasida asosiy, deb sanalgani uchun ko'proq marksizm bilan bog'lanadi. Aslida formatsion yondoshuv ancha obro'li va qadimgi ildizlarga ega bo'lib, uning mualliflari qatorida J.Boden, F.Bekon, T.Gobbs, Gegel, M.Kondorse kabi g'arb olimlari bor. Yevropa madaniyati tarkibida shakllangan bu yondashuv shu madaniyat rivojining muayyan tarixiy davrini o'rganish uchun juda samarali bo'lgan. Balki shuning uchundir, uni barcha taraqqiyot modellarini tushuntirib bera oladigan universal metodologiyaga aylantirishga uringanlar. Aslida esa, formatsion yondashuv /arbga mansub bo'lmagan sivilizatsiyalar rivojini tushuntirib berishga ojiz edi.
Shu birgina misol - fanda "metodologii monizm" ga erishishga urinish qanchalik muvaffaqiyatsiz ekanligini isbotlab turibdi. Har bir predmet, har bir muammo o'z uslubini talab etadi.
Siyosat nazariyasi o'z shakllanish yo'lida bir qancha falsafiy - sotsiologik manbalarga tayangan. Bular pozitivizm (O. Kont, G.Spenser), bixeviorizm (E.Torndayk, G.Uolles, U.Lippman, Ch.Merriam) va pragmatizmdir. (Ch.Pirs).
Ushbu yo'nalishlarni bilish va chuqur o'rganish zarur. Shu bilan birga, bu falsafiy - sotsiologik manbalar sharq madaniyati, dunyo haqidagi bizning tasavvurlarimiz tizimiga uyg'un tusha olmasligini ham anglashimiz kerak bo'ladi. O'zbekistondagi ko'p siyosiy jarayonlarni g'arb metodologik sxemalariga tushirib bo'lmaydi. Masalan, inson-huquqlari masalasini o'rganishda mamlakatimizning madaniy o'ziga hosligi xisobga olinmay iloji yo'q.
Ammo, bundan g'arb politologiyasining uslubiyot sohasidagi yutuqlari biz uchun ahamiyatsiz, degan ma’no kelib chiqmasligi kerak.
Siyosat nazariyasi paradigmalari. Asrlar davomida olimlar dunyo haqida to'plagan bilimlari saralanib, alohida yondashuvlar qatorini tashkil etadi. XX asr boshida amerikalik fizik olim T.Kun ana shu saralangan yondoshuvlarni' nomlash uchun "paradigma" terminini kiritdi.
Unga ko'ra, paradigma - o'rganilayotgan masalani qo'yish va hal qilishning o'ziga xos mantiqiy modeli. Siyosatda paradigma ilmiy tahlil yo'nalishini belgilaydi, tadqiqotchi uning asosida muayyan tamoyil va belgilarga suyanib real faktlarni to'playdi, umumlashtiradi, bashorat qiladi.
Siyosat murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lganligi uchun uni o'rganishda turlicha yondashuvlar qo'llanadi. Ularning ayrimlari siyosat nazariyasida ahamiyatga ega. Shartli ravishda teologik, tabiiy, ijtimoiy va ratsional- tanqidiy paradigmalar ajratiladi.

Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin