2. Biosiyosat. XIX asr olimlari S.Q. Lambrozo, M.Nordau konsepsiyalarida asoslanishiga ko'ra - hukmron sinfga mansublik inson tabiati, genlarida belgilangan bo'ladi. Hozirgi vaqtda u biologiya, ekologiya va evolutsiya falsafasining uyg'unligini tashkil etadi. Biosiyosat tarafdorlari odamlarning kelib chiqishi, fiziologiyasiga asoslanib, odamlarning xulq-atvorlarini oldindan aytib berish va siyosiy xatti - harakatni ham bashorat qilish mumkin, deb hisoblaydilar, siyosiy faoliyatga jins, yosh, temperament ta'sirini o'rganadilar. Masalan, feminizm politologiyasida asosiy e’tibor obyekti siyosiy xulq- atvordir.
3. Ruhiy yondashuv tarafdorlari ruhiyatning siyosiy xulq - atvorga ta’siri tahlilidan 60-yillarda siyosiy tarixga ruhiyat ta’siri masalalariga o'tishdi. Siyosiy hayotga keng ijtimoiy qatlamlar faoliyatidagi yashirin sabablar ta’sirini, masalan, urush va tinchlik sabablari, ijtimoiy fikrda ayrim stereotiplar turg'unligi sabablarini, terrorizmning ommaviy - ruhiy asoslari va shu kabi masalalarni chuqur o'rganadi.
4. Ijtimoiy paradigma-siyosatni unga nisbatan tahlili, ijtimoiy omillar bilan tushuntiradi. Ya’ni siyosatda qaysidir boshqa ijtimoiy asos belgilovchi ta'sirni o'tkazadi, degan fikrga asoslanadi. Bunday ta’sir manbalari turli yondoshuvlarda turlicha. Masalan, iqtisodiy paradigmada iqtisod siyosatii belgilaydi. Huquqiy paradigmaga ko'ra huquq - siyosatni belgilaydi; madaniyat- yana bir belgilovchi ta’sir, ya’ni siyosatni madaniyat belgilaydi v.h.
5. Ratsional-tanqidiy paradigmalar - siyosatni uning ichki xususiyatlari, elementlari, sabablari bilan izohlashga urinadilar. Xususan, nemis olimi R.Darendorf siyosatning asosida ixtilof yotadi va uni ixtiloflarni hal qilish vositasi sifatida tushuntirish zarur, deb hisoblaydi. U sanab bergan 15 ixtilof turi barcha jamiyatlarda mavjud, lekin birortasini hal qilib bo'lmaydiganlar qatoriga qo'yish mumkin emas. Ularni faqat o'z vaqtida aniqlash, institutsionallashtirish va hal qilish lozim.
Konsensusli yondashuv tarafdorlari siyosat- jamiyatni birlashtiruvchi omillar qadriyatlar, ideallar, an’analar) bilan belgilanadi, jamiyatda integratsiya ixtilofga nisbatan birlamchi rol o'ynaydi, deb hisoblaydilar. Ular ikkala paradigma tarafdorlari juda ko'p. Ammo, bugungi kunda konflikt paradigmasi rivojlanayotgan, an’anaviy jamiyatlar uchun ko'proq xos bo'lsa, konsensusli paradigma- rivojlangan mamlakatlar voqeligini aks ettiradi, deb hisoblash qabul qilingan.
Ilmiy qarashlar ikki muhim vazifani bajaradi; voqelikni unga mos tarzda bayon etib beradi va umumiy qonunlar hamda nazariyalarni belgilab beradi. Ilmiy paradigmalar belgilab bergan yo'nalishlar asosida siyosiy fan siyosiy voqelikni idrok etib, o'ziga xos uslublar vositasida uni tahlil qilish imkoniga ega bo'ladi. Albatta, bunda hech bir yondashuv mutlaq haqiqatni ochib bera olmasligi, ular bir - birini to'ldirib, to'g'rilab kelishi nazarda tutiladi.