Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   462
LUG\'AT

MAJORITAR SAYLOV TIZIMI 
(lot. ko‗pchilik) — saylov okrugi bo‗yicha 
ko‗pchilik ovoz olgan nomzodning g‗olib deb hisoblanishi faqat ko‗pchilik ovoz olgan 
nomzod uchun berilgan ovozlar hisobga olinuvchi saylov turi. Mutloq (50%+1) va nisbiy 
majoritar saylov tizimlari ajratiladi. 
MAKIAVELLIZM
— N.Makiavelli (1469-1527) ismidan kelib chiqqan; o‗z 
maqsadlariga erishish uchun har qanday makkor vositalardan qaytmaydigan siyosat. XIX 
a. oxiriga kelib elitalarning kelib chiqishi, jamiyatdagi o‗rni, vazifalari haqidagi 
qarashlarning vujudga kelishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, unga italiyalik ikki olim 

G.Moska va V.Pareto va nemis olimi R.Mixelslar elitalarga hos bir qator hususiyatlar 
asosida ularni boshqa ijtimoiy guruhlardan farqini ko‗rsatib beradi. M.m.o. vakillari 
xalqning irodaviy bo‗shlig‗i, mas'uliyatni o‗z ko‗liga olishni istamasligi bois jamiyatdagi 
ushbu parchalanishni engib bo‗lmaydi, degan xulosani asoslaganlar. 
MAKKARTIZM
(AQSH senatori Makkarti nomidan olingan) — kommunizmga 
qarshi, xususan, AQSH komunistlariga qarshi ‖sovuq urush-yillarida‖ qo‗rqitish, tahdid, 
sud jazosi kabi usullarni qo‗llush bilan bog‗liq siyosat. 
MAKROIQTISODIY SIYOSAT
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon 
xo‗jaliklari, qayta ishlash tarmoqlari va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan xususiy korxonalarni qo‗llab-quvvatlashdan iborat. 
MAKROSIYOSAT
— butun davlat miqyosida olib boriladigan, qabul qilingan 
qonun, qarorlarni bajarish hamma, hamma uchun majburiy bo‗lgan rasmiy, ochiq-
oshkora siyosat. 
MAKSIMALIZM
(lot. eng ko‗p) — talablarni haddan oshirib yuborish. 
MALTUSCHILIK
— Maltus (1766-1834) nomidan olingan nazariya. Unga ko‗ra 
yashash uchun zarur manbalar aholi soniga nisbatan (geometrik progressiya) sekinroq 
o‗sishi (arifmetik progressiya) tufayli ochlik, qashshoqlik vujudga kelishini asoslaydi. 
Urushlar va epidemiyalar bu muammolarni hal qilish vositalari sifatida oqlanadi. 
MAMLAKAT
— siyosiy-geografik termin bo‗lib, muayyan chegaralarga va davlat 
suverenitetiga ega bo‗lgan yoki boshqa bir davlat hukmronligi ostida bo‗lgan hudud 
(mustamlaka, boshqaruv ostidagi hudud) ni anglatadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin