Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   462
LUG\'AT

MA'NAVIY-AXBOROT HOKIMIYATI
— bilim va axborot ustidan nazoratdir. 
Keyingi vaqtda OAV, universitet va maktablar tizimining muhim omiliga aylanmoqda: 
muloqotning an‘anaviy shakllari (oila, qo‗shnichilik, qarindoshchilik, hamkasabalik)dan 
inson juda kam foydalanib, axborotni asosan televidenie, radio, matbuotdan olishi; 
ta'sirining sezilmasligi, globalligi, tezligi va manipulyatsiya imkoniyatlari cheksizligi - 
buning asosiy sababidir. 
MANDAT
(lot. 
mandatum

topshiriq) — biror shaxsning vakolatini, muayyan 
narsaga huquqini tasdiklovchi hujjat, mas., deputatlik M.i. saylov qonunchiligida bir 
M.lik, ikki M.lik yoki ko‗p M.lik saylov okrugi tushunchalari mavjud. Bu ana shu 
okrugda bir, ikki, uch yoki bir qancha deputatga ovoz berishni bildiradi. 
MANDAT IMPERATIV
— saylangan shaxs yoki organlar qat'iy rioya qilishlari 
shart bo‗lgan topshiriq, nakaz. 
MANDAT KOMISSIYASI
— deputatlar, s'ezd ishtirokchilari vakolatini 
tekshiruvchi komissiya. 
MANDATLI TIZIM
(ovoz berishning) — har bir nomzod bir nechta ovozga ega 
(o‗zi taqdim etayotgan tashkilot soniga muvofiq) bo‗lgan ovoz berish tizimi. 
MANFAAT 
— individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatining asosiy sababi. M. 
faoliyatni keltirib chiqaribgina qolmay, uning yo‗nalishi, vosita va shakllari, maqsadini 
ham belgilab beradi. M. turlari bir necha belgilar asosida tasnif qilinadi. M. subyektiga 


175 
ko‗ra, shaxs, guruh va jamiyat m.lariga bo‗linadi. M. qaysi ehtiyojlarni qondirish bilan 
bog‗liqligini hisobga olib moddiy va ma'naviy m.larga bo‗linadi. Ma'naviy m.lar esa, o‗z 
navbatida, siyosiy, ruhiy, axloqiy va b. turlarga bo‗linadi. 
MANFAAT GURUHLARI
— fuqarolar o‗zlarining davlat bilan munosabatlarida 
hokimiyatga doir manfaatlarini bayon etish yoki himoya qilishi uchun ixtiyoriy tarzda 
birlashgan maxsus yoki moslashtirilgan tashkilotlari. Ular siyosiy partiyalardan 
maqsadlari, faoliyat usullari, hokimiyatga ta'sir resurslari va b. belgilariga ko‗ra farq 
qiladi. M.g. rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida 
ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular 
siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). M.g. siyosiy maqsadlarga erishish uchun 
ixtiyoriy ravishda guruhlarga birlashgan odamlar faoliyati hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin