Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   462
LUG\'AT

MAHALLIY O„ZINI O„ZI BOSHQARISH
— hokimiyatning bir turi; 
fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta‘minlash, davlatning ayrim 
funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Ko‗pchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda 
davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u erda faqat M.o‗.o‗.b. organlari tuziladi. 
Mas., Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yig‗ilishlar, 
kengashlar, qo‗mitalar va shu kabilar), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari 
(mahalliy ma'muriyat), yig‗inlari va b.lar M.o‗.o‗.b.ni amalga oshiradi. M.o‗.o‗.b. 
organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. M.o‗.o‗.b. organlarining 
tuzilishini aholi o‗zi mustaqil belgilaydi. M.o‗.o‗.b. organlariga qonun asosida ayrim 
davlat vakolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga 
oshiriladi. O‗zbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, M.o‗.o‗.b. 
organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shun., ular tarkibidagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‗inlari o‗zini o‗zi boshqarish organlari hisoblanadi. 
MAHALLIYCHILIK 
— kishilarda o‗zlari tug‗ilib o‗sgan joy bilan bog‗liq holda 
shakllanadigan hududiy yaqinlik tuyg‗usining salbiy shaklda namoyon bo‗lishi. U 
kishilarning urug‗-aymoqchilik va qon- qarindoshlik aloqalari bilan bog‗langan birligini 
ham anglatadi. 
MAJBURLOVCHI RESURSLAR
— hokimiyatning asosini tashkil etuvchi 
vositalardan biri. Bu ma'muriy jazolash bilan bog‗liq bo‗lgan vositalardir. Utilitar 
resurslar ish bermay qolsa, undan foydalaniladi. Bunga iqtisodiy sanksiyalardan 
hayiqmaydiganlarga sud orqali ta'sir qilishni ko‗rsatish mumkin. 
MAJLIS
— 1) rasmiy doiralarda qo‗yiladigan mas.i muhokama qilish uchun 
bo‗ladigan yig‗ilish va muhokama jarayoni; 2) ayrim mamlakatlar ning qonun 
chiqaruvchi organlarida M. Atamasi qo‘llanilgan (O‗zbekistonda Oliy Majlis, Turkiyada 
Buyuk Millat majlisi, Eronda Islomiy Kengash majlisi, Ozarbayjonda Milliy Majlis deb 
yuritiladi.)da qonun chiqaruvchi organ (parlament yoki parlament palatasi)ning nomi. 
MAJORITAR 
(fr
. majoritaire – 
ko‗pchilik) — ko‗pchilikka taalluqli, tegishli; 
ko‗pchilikka asoslangan. Ba‘zan ―ko‗tarinki‖, ―quvnoq kayfiyat‖ ma‘nolarini ham 
bildiradi. 


173 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin