174
MA'MURIYATCHILIK
— buyruqbozlik, rasmiyatchilik, byurakratlarcha
rahbarlik qilish, boshqarish.
MA'MURIY-HUDUDIY TUZILISH
— unitar davlat hududi yoki federativ davlat
subyektlari hududining ma'lum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shu
kabilar)ga bo‗linishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu bo‗linishga
muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday bo‗linish idora etishning qulay, davlat
organlariga aholi.ng yaqin bo‗lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda
tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiy-tarixiy, milliy va ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki bo‗g‗inli (AQSH), uch bo‗g‗inli
(Buyuk Britaniya, Fransiya), to‗rt bo‗g‗inli (GFR) bo‗lishi mumkin. Juda kichik
davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yo‗q.
MA'NAVIYAT
— inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. M. insonni
ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning
barcha qarashlarining mezonidir. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy,
diniy tasavvurlarini o‗z ichiga oladi. M. atamasining asosida «ma'no» so‗zi yotadi.
Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‗y-basti,
ko‗rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va b. kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan
maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg‗ularini o‗z ichiga oladi.
Insonning ana shu ichki olami M.dir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, M. unga
ruhiy oziq va qudrat bag‗ishlaydi. M. ma'rifat va madaniyat bilan bog‗liq. Vijdon nima,
yolg‗on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima
–
bularning hammasini bir-
biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi,
yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, M.da inson hayotining mazmuni aks
etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Dostları ilə paylaş: