MAJORITAR SAYLOV TIZIMI (lot. ko‗pchilik) — saylov okrugi bo‗yicha
ko‗pchilik ovoz olgan nomzodning g‗olib deb hisoblanishi faqat ko‗pchilik ovoz olgan
nomzod uchun berilgan ovozlar hisobga olinuvchi saylov turi. Mutloq (50%+1) va nisbiy
majoritar saylov tizimlari ajratiladi.
MAKIAVELLIZM — N.Makiavelli (1469-1527) ismidan kelib chiqqan; o‗z
maqsadlariga erishish uchun har qanday makkor vositalardan qaytmaydigan siyosat. XIX
a. oxiriga kelib elitalarning kelib chiqishi, jamiyatdagi o‗rni, vazifalari haqidagi
qarashlarning vujudga kelishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, unga italiyalik ikki olim
– G.Moska va V.Pareto va nemis olimi R.Mixelslar elitalarga hos bir qator hususiyatlar
asosida ularni boshqa ijtimoiy guruhlardan farqini ko‗rsatib beradi. M.m.o. vakillari
xalqning irodaviy bo‗shlig‗i, mas'uliyatni o‗z ko‗liga olishni istamasligi bois jamiyatdagi
ushbu parchalanishni engib bo‗lmaydi, degan xulosani asoslaganlar.
MAKKARTIZM (AQSH senatori Makkarti nomidan olingan) — kommunizmga
qarshi, xususan, AQSH komunistlariga qarshi ‖sovuq urush-yillarida‖ qo‗rqitish, tahdid,
sud jazosi kabi usullarni qo‗llush bilan bog‗liq siyosat.
MAKROIQTISODIY SIYOSAT — kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon
xo‗jaliklari, qayta ishlash tarmoqlari va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan xususiy korxonalarni qo‗llab-quvvatlashdan iborat.
MAKROSIYOSAT — butun davlat miqyosida olib boriladigan, qabul qilingan
qonun, qarorlarni bajarish hamma, hamma uchun majburiy bo‗lgan rasmiy, ochiq-
oshkora siyosat.
MAKSIMALIZM (lot. eng ko‗p) — talablarni haddan oshirib yuborish.
MALTUSCHILIK — Maltus (1766-1834) nomidan olingan nazariya. Unga ko‗ra
yashash uchun zarur manbalar aholi soniga nisbatan (geometrik progressiya) sekinroq
o‗sishi (arifmetik progressiya) tufayli ochlik, qashshoqlik vujudga kelishini asoslaydi.
Urushlar va epidemiyalar bu muammolarni hal qilish vositalari sifatida oqlanadi.
MAMLAKAT — siyosiy-geografik termin bo‗lib, muayyan chegaralarga va davlat
suverenitetiga ega bo‗lgan yoki boshqa bir davlat hukmronligi ostida bo‗lgan hudud
(mustamlaka, boshqaruv ostidagi hudud) ni anglatadi.