MOTIV —
odamlarning biron bir ehtiyojini qondirish uchun harakatga kelishiga
sabab bo‗ladigan yondoshuv yoki intilish.
MUASSASAVIY GURUHLAR — manfaatli guruhlarning xarakteri va
uyushqoqlik darajasiga ko‗ra bo‗lingan turlaridan biri. M.g. aniq tashkiliy tuzilmaga,
barqaror funksiyalar va mutaxassis kadrlar apparatiga ega bo‗lgan kishilarning formal
birlashmalaridir. Ularning maqsadga yo‗naltirilgan faoliyati ancha samarali. Bu turdagi
guruhlar (mas., cherkovning, armiyaning ma‘muriy organlari, avtonomiyalarning federal
markazlardagi vakolatxonalari va h.k.). Keng doirada, shu jum. manfaatlari vakolati
doirasidan chiqib ketuvchi maqsadlarni ham ko‗zlovchi vazifalarni bajaradilar.Tashkiliy
jihatdan tuzilmaning nisbiy murakkabligi, uyushqoqligi bu guruhlarga hokimiyat
organlariga sezilarli va muntazam ravishda ta‘sir o‗tkazib turishga imkon beradi.
MUHOJIRLAR (ar. ko‗chib kelganlar) — o‗z vatanidan butunlay yoki ma‘lum
muddatga iqtisodiy, siyosiy, boshqa sabablarga ko‗ra ixtiyoriy yoki majburiy chiqib
ketgan fuqarolar. O‗zi fuqaro bo‗lib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab
boshqa davlatga doimiy yashash uchun jo‗nab ketuvchi kishilar. Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to‗g‗risidagi 1966-yilgi xalqaro paktning 12-modda 2-bandi har bir kishining
har qanday mamlakatni (jum., o‗z mamlakatini) tashlab ketish huquqi, ya‘ni muhojir
bo‗lish huquqini nazarda tutadi. Biroq bu huquqda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini,
aholining sog‗lig‗i, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
maqsadida qonun bilan belgilangan ayrim cheklashlar ham bo‗lishi mumkin.
MUMTOZ LIBERAL DEMOKRATIYA — demokratiyaning modellaridan biri.
Ikki muhim sohani: davlat va fuqarolik jamiyatini bir-biridan ajratadi (XIX-XX a.
boshlarida). Belgilari: 1) hokimiyat manbai bo‗lgan xalq qatoriga mulkdor erkaklargina
(quyi tabaqa, ayollarsiz) kiritilgan. 2) Individuallik, shaxsni hokimiyatning birlamchi va
bosh manbai, deb bilishi ko‗zga tashlanadi.