Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   462
LUG\'AT

MILLIY TIL
— umumiy hudud, iqtisod va ma‘naviy boylik bilan birga millatni 
tashkil etuvchi ijtimoiy-tarixiy kategoriya. Millatning o‗zaro aloqa vositasi hisoblangan 
M.t. ikki shaklga ega: og‗zaki va yozma. M.t. qabila, elat tillaridan farqlanadi. U, odatda, 
millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. 
MILLIY XAVFSIZLIK KONSEPSIYASI
— davlatning qadriyatlari va 
manfaatlari, bu qadriyatlar va manfaatlar uchun mavjud tahdidlar, hamda ularni amalda 
mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan xavflardan himoya qilish usullari borasida 
rasmiy qabul qilingan qarorlar tizimi. 
MINORITAR
(fr
. mineur – 
kichik) — partologiyada mag‗lubiyatga uchragan yoki 
parlamentdan kam deputatlik o‗rinlari olgan partiyaga nisbatan qo‗llaniladi. ―Minor‖ 
so‗zi xafa, g‗amgin, qayg‗uli kayfiyat kabi ma‘nolarni ham beradi. 
MINTAQA
— mahalliy etnografik va b. xususiyatlar kompleksida geografik muhit, 
iqlim sharoitlari, xo‗jalik ahvoli spetsifikasini o‗zida nomoyon etuvchi ma'lum bir hudud. 
MINTAQAVIY IQTISOD
— mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasining 
hamda ularning iqtisodiy qudratidagi farqlarning mintaqalar siyosatiga ta'sirini o‗rganadi. 
MINTAQAVIY IXTILOFLAR
— mamlakatlar o‗rtasidagi ixtiloflarning 
mintaqaviy darajada keskin shaklda namoyon bo‗lishi. Ochiq qurolli to‗qnashuvlarda, 
urush xavfi mavjudligida namoyon bo‗ladi. 
MIQDOR USULLARI
— siyosiy obyektlar xususiyatlari va belgilarini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri yoki bevosita o‗lchashga, matematik formallashtirish va kvantifikatsiyaga 
asoslanuvchi usullar. 
MISSIYA
(lot. 
missio

jo‗natmoq) — 1) muayyan topshiriq bilan boshqa 
mamlakatga yuborilgan vakillar; 2) bir davlatning boshqa davlatdagi (elchixonadan farqli 
ravishda) vakili tomonidan boshqariladigan doimiy diplomatik vakolatxonasi. 
MITING
(ing. 
meeting

uchrashmoq, yig‗ilishmoq) — muhim voqea, ko‗pincha 
siyosiy masalalarni muhokama qilish uchun o‗tkaziladigan ommaviy yig‗ilish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin