Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   462
LUG\'AT

QADRIYATLAR IXTILOFI 

 
siyosiy ixtiloflarning uch asosiy turlaridan biri. 
Rivojlanayotgan davlatlar uchun xos. Ularni hal qilish uchun ko‗proq harakat talab 
etiladi, negaki ular kelishuvga qiyinchilik bilan tortiladi. 
QARAMLIK 
— mamlakat va hududlarni bosib olish yoki boshqa xil usullar bilan 
ularning ustidan boshqa davlat va guruhlarning hukmronligi o‗rnatilishi. Qaramlikning 
huquqiy shakllari ikki asosiy guruhdan iborat: 1) xalqaro-huquqiy, bog‗liqlik-protektorat 
(homiylik), vasiylik, kondomium va mandatli hudud; 2) davlat huquqiy aloqalari.
QARAM-PASSIV SIYOSIY MADANIYAT
— fuqarolarning siyosat, jamiyat 
siyosiy tizimiga passiv-sust, befarqlik bilan munosabatda bo‗lishlari bilan ifodalanadi. 
Shaxsda ―kichik odam‖ ruhiyati shakllangan bo‗lib ular jamiyatda kechayotgan siyosiy 
voqea-hodisalardan xabardor bo‗ladilar. Lekin ularga munosabat bildirish, shaxsiy 
ishtirok etishni shart deb topmaydilar. 
QAROR 
— 1) davlat organi yoki mansabdor shaxsning o‗z vakolati doirasida 
muayyan maqsadga erishish yo‗lida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan 
normativ-huquqiy aktlarning umumlashtirilgan nomi. Q., odatda, ijro etuvchi hokimiyat 
organi tomonidan qabul qilinib, u ana shu organning o‗z vazifalarini amalga oshirish 
vositalari va yo‗llarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish hamda baholashga 
oid erki ifodasi hisoblanadi. Q. ijro etuvchi hokimiyat tegishli organi kompetensiyasi 


231 
doirasida qabul qilinadigan me‘yoriy yoki individual (aniq huquqiy hujjat ko‗rinishida 
yuridik rasmiylashtirilishi natijasida shaxs yoki vaziyatga taalluqli) huquqiy ahamiyat 
kasb etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida uzoq muddatli va muayyan 
soha bilan bog‗liq faoliyat (ishlar)ni istiqbolli loyihalash yuzasidan Q.lar, mas., maqsadli 
dasturiy Q.lar, joriy asosiy faoliyatni amalga oshirish bo‗yicha tezkor, protsessual, 
uslubiy, tavsiyaviy, individual va boshqa qarorlar qabul qilinishi mumkin. Q.da uni 
amalga oshirish muddatlari va ijrochilari aniq belgilab qo‗yilgan bo‗ladi. U qabul 
qilinishidan oldin loyihasi tayyorlanib, muhokama qilinishi maqsadga muvofiqdir; 2) 
fuqarolik, xo‗jalik, ma‘muriy va jinoyat ishlari bo‗yicha sud tarkibi yoki sudya 
chiqaradigan huquqiy hujjat. 
QARORGOH 
— 1) harbiy boshliq (sarkarda)ning jang paytidagi safar chodirining 
nomi; 2) vaqtincha istiqomat qilish yoki qo‗nish joyi (mas., askarlar qarorgohi); 3) davlat 
idorasi, davlat boshlig‗i yoki biror davlat arbobining doimiy yoki vaqtincha turar joyi, 
saroyi, rezidensiyasi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin