231
doirasida qabul qilinadigan me‘yoriy yoki individual (aniq huquqiy hujjat ko‗rinishida
yuridik rasmiylashtirilishi natijasida shaxs yoki vaziyatga taalluqli) huquqiy ahamiyat
kasb etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida uzoq muddatli va muayyan
soha bilan bog‗liq faoliyat (ishlar)ni istiqbolli loyihalash yuzasidan Q.lar, mas., maqsadli
dasturiy Q.lar, joriy asosiy faoliyatni amalga oshirish bo‗yicha tezkor, protsessual,
uslubiy, tavsiyaviy, individual va boshqa qarorlar qabul qilinishi mumkin. Q.da uni
amalga oshirish muddatlari va ijrochilari aniq belgilab qo‗yilgan bo‗ladi. U qabul
qilinishidan oldin loyihasi tayyorlanib, muhokama qilinishi maqsadga muvofiqdir; 2)
fuqarolik, xo‗jalik, ma‘muriy va jinoyat ishlari bo‗yicha sud tarkibi yoki sudya
chiqaradigan huquqiy hujjat.
QARORGOH
— 1) harbiy boshliq (sarkarda)ning jang paytidagi safar chodirining
nomi; 2) vaqtincha istiqomat qilish yoki qo‗nish joyi (mas., askarlar qarorgohi); 3) davlat
idorasi, davlat boshlig‗i yoki biror davlat arbobining doimiy yoki vaqtincha turar joyi,
saroyi, rezidensiyasi.
Dostları ilə paylaş: