Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   462
LUG\'AT

PROROGATSIYA 
(lot. cho‗zish) — davlat boshlig‗ining qarori bilan parlament 
majlisini keyinga qoldirish. 
PROTEKSIONIZM 
(lot. 
protectio
– panalash, homiylik) — davlatning ichki 
bozorni chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi 
bozorga chiqishini rag‗batlantirishga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy siyosati. Yevropada 
kapitalning dastlabki jamg‗arilishi davri (XVI- XVIII asrlar)da paydo bo‗ldi va yuzaga 
kelayotgan sanoatni rivojlantirishga yordam ko‗rsatdi. Rivojlangan mamlakatlarda o‗z 
fermerlarini qo‗llab-quvvatlash va ichki oziq-ovqat bozorini himoya qilishga qaratilgan 
agrar P. keng qo‗llaniladi. O‗zbekistonda ham tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga 
solishda P. siyosati qo‗llaniladi. Bu siyosat asosida import o‗rnini bosuvchi va 
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‗batlantirish, eksport to‗lovlarini 
kamaytirish, ichki bozorni sifatli tovar bilan ta‘minlash, tashqi savdoni mamlakat 
iqtisodiyoti manfaatlariga to‗la bo‗ysundirish strategiyasi turadi. 
PROTEKTORAT
(lot. 
protector
– himoyachi, homiylik qiluvchi) — kuchli 
davlatning kuchsiz davlat ustidan rasmiy homiylik qilishi. Amalda rivojlangan davlatlar 
tomonidan iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchsiz mamlakatlarga majburan qabul qilinar 
edi. P. ko‗pincha protektorat o‗rnatilgan davlat hududini okkupatsiya qilish bilan birga 
amalga oshirilar edi. P. qaram mamlakatni to‗la bosib olish va o‗ziga qo‗shib olishda 


229 
ayrim hollarda faqat o‗tish formasi bo‗lib ham hisoblanadi.(Mas., Buyuk Britaniya 1914-
yilda Misr ustidan protektorat o‗rnatdi, aslida esa uni 1882-yilda bosib olgan edi). 
PROTEST 
(lot. 
protestor
– oshkora isbotlayman) — prokurorning norozilik xujjati. 
O‗zbekiston Respublikasida P. qonunga zid bo‗lgan hujjatni qabul qilgan organga yoki 
mansabdor shaxsga, shuningdek, yuqori organga yoxud yuqori mansabdor shaxsga, 
sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ustidan protsessual qonunda belgilangan 
tartibda beriladi. 
PROTOKOL
(fr. 
protocole
, grek. 
protokollo
– manuskript o‗ramiga kleylab 
yopishtirib qo‗yilgan birinchi varaq) — 1) yig‗ilishda, majlisda, so‗roq vaqtida va h.k. 
bo‗lib o‗tgan gaplar yozilgan hujjat. 2) biror fakt, hodisa to‗g‗risida guvohlik beruvchi 
hujjat. 3) Biror maxsus masala bo‗yicha davlatlar o‗rtasidagi yozma bitim. 4) Diplomatik 
P. – turli diplomatik aktlarni amalga oshirish tartibini va turli mamlakatlar diplomatlari 
o‗rtasidagi va rahbar davlat arboblari o‗rtasidagi munosabatlarning tashqi shakllarini 
tartibga solib turuvchi qoidalar yig‗indisi.
PROZELITIZM
— to‗g‗ridan-to‗g‗ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‗z 
dinidan voz kechishga va o‗zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir. P.mamlakatning 
barqaror rivojlanishiga, milliy hamjahatligiga, ma‘naviy barqarorligiga rahna soladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin