Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   462
LUG\'AT

QARSHILIK KO„RSATISH HARAKATI 
— ikkinchi jahon urushi davrida 
Germaniya, Italiya, Yaponiya bosqinchilariga, ularning ittifoqchilari va mahalliy sotqin 
agentlariga qarshi antifashistik milliy ozodlik harakati. Qk.h. fashistlarga qarshi 
tashviqot-targ‗ibot, ish tashlash, bosqinchilar ma‘muriyatiga xizmat qiluvchi xodimlar, 
Vatan xoinlarini o‗ldirish, partizanlik kurashi va umumxalq qurolli qo‗zg‗olonlari 
shaklida olib borilib, Yugaslaviya, Fransiya, Italiya, Polsha, Chexoslovakiya, Gretsiya, 
Albaniya, Xitoy, Vetnam, Koreya, Indoneziya, Filippin, Birma va boshqalar 
mamlakatlarda keng tus olgan. O‗zbekistonlik ko‗plab jangchilar Markaziy va G‗arbiy 
Yevropa mamlakatlaridagi Q.k.h. saflarida faol qatnashganlar. Yugaslaviya va unga 
yaqin hududlarda 260 nafar o‗zbekistonlik fashizmga qarshi janglarda ishtirok etgan. 
Fashizmga qarshi umumxalq kurashiga qo‗shilgan R.Rahimov, N.Amirov, H.Jabborov, 
H.Ismoilov (Fransiya), A.Mamajonov, T.Qo‗chqorov, Sh.Samatov, O.Berdiev (Italiya) 
kabilarning qahramonliklari unutilmaydi. Q.k.h.ning fashistlar blokini tor-mor 
keltirishdagi ahamiyati katta bo‗ldi. Bu harakat an‘analaridan jahon xalqlari yer yuzida 
tinchlikni saqlab qolish uchun unumli foydalanmoqdalar. 
QASR 
— podsho, xon va boshqalar hukmdorlarning hashamatli 
saroy, 
qal‘a band 
bino. 
QAYTA QURISH 
— XX asrning 80-yillari o‗rtalarida keng iste‘molga kirgan 
tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yo‗li bilan o‗zgartirishga qaratilgan harakatni 
anglatgan. Q.q. siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‗planib qolgan ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni ―qayta qurish‖ yo‗li 
bilan hal etishdan iborat bo‗lgan. M.S.Gorbachyov
 
boshchiligida KPSS rahbariyatining 
bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda ma‘lum 
o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, ―sovuq 
urush‖ning tugashi va h.k.). Q.q.ni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar 
natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha 
sohalarida bo‗hronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda bo‗lib 
o‗tgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol 
bo‗ladi. Q.q. sobiq SSSRda to‗planib qolgan muammolarni to‗la hal etishga xizmat 
qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‗oyalariga to‗g‗ri kelmaganligi tufayli 


232 
ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSRning tugashiga 
muayyan turtki bo‗ldi. 
QIROL 
(
korol
so‗zining o‗zgargani; asli Buyuk Karl nomidan) — monarxiya 
davlati, qirollik boshlig‗i. O‗rta asrlarda ayrim G‗arbiy Yevropa davlatlarida (Germaniya, 
Fransiya, Angliya, Italiya va b.) mutlaq hukmdor. Hozirda Q.lar rasman davlat boshlig‗i 
hisoblansalarda, mamlakatni bevosita idora etish parlament saylovlarida g‗olib chiqqan 
Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin