233
organlar rahbari etib O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan rais
tayinlanadi. Qo‗mita rahbarlarining buyrug‗iga asosan quyi organlar tashkil qilinishi
mumkin. O‗zbekistonda davlat qo‗mitalari
va qo‗mitalar mavjud. Qo‗mitalar —
O‗zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‗mitasi; O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‗mitasi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‗yicha qo‗mita;
2) siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va b.da saylab qo‗yiladigan kollegial rahbar
organ (partiya markaziy qo‗mitasi, kasaba uyushma qo‗mitasi va v.k.).
QO„PORUVCHILIK
— portlatish, o‗t qo‗yish yoki boshqa usul bilan korxonalar,
inshootlar, yo‗llar, aloqa vositalarini yoxud boshqa davlat, jamoat mulkini buzish yoki
shikastlantirish, yoppasiga zaharlash yoki epidemiyalar va epizootiyalar tarqatish va h.k.
O‗zbekiston jinoyat huquqida — O‗zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlardan biri.
Q. sodir etilishi natijasida mamlakat xalq xo‗jaligining muhim ob‘ektlari yo‗q qilinishi
mumkin. Bu esa iqtisodiyotga katta ziyon yetkazadi. Q. natijasida odamlar halok bo‗ladi,
ularning sog‗lig‗iga zarar yetkaziladi, aholining ruhiy holatiga salbiy ta‘sir etiladi,
sarosimaga tushish va b. salbiy hodisalar yuz berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: