236
hisoblanadi. Federativ davlat tuzilishi shakliga ega mamlakatlarda qonun chiqarish
vakolati federatsiya sub‘ektlariga ham berilishi mumkin. Mas., AQSHda shtatlar,
Rossiyada federatsiya sub‘ektlari qonun chiqarish vakolatiga ega. Federatsiya sub‘ektlari
tomonidan qabul qilingan qonunlar federatsiya Konstitutsiyasi va federal qonunlarga zid
kelmasligi kerak. O‗zbekistonda Q.ch.h. yaxlit davlat hokimiyatining mustaqil bir
tarmog‗i bo‗lib, u qonun yaratish jarayonini O‗zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy
Majlisi faoliyati orqali amalga oshiradi.
QONUN USTUVORLIGI
— barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida
konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo‗lib, ularning hokimiyat chiqaraditan
boshqa hamma me‘yoriy hujjatlar va yo‗riqnomalardan ustun turishi. Q.u. jamiyatda
demokratiya va qonunchilik
ta‘minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir.
QONUNCHILIK
— 1) davlatning o‗z oldida turgan vazifa va funksiyalarini
amalga oshirish usullaridan biri. Bu vakolatli davlat organlari (parlament) tomonidan
davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‗yicha qonunlar
qabul qilish
faoliyatida ifodalanadi (q. Qonun chiqaruvchi hokimiyat)
;
2) muayyan davlatda amalda
bo‗lgan yoki ijtimoiy munosabatlarning barchasini yohud ma‘lum bir sohasini tartibga
soladigan normativ-huquqiy hujjatlar (mas., fuqaro qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi)
yig‗indisi. Q. ayni paytda huquq normalarini o‗zida ifodalagan normativ aktlarning oddiy
jamlanmasi bo‗lmay, balki, ularni yuridik kuchi va ahamiyatiga qarab bir tizimga
solinishidir. Q. tizimi bilan huquq tizimi o‗zaro uzviy bog‗liq. Huquq tizimi huquqning
mazmunini, uning ichki tuzilishini ifodalasa, Q. tizimi huquqning tashqi shaklini, mavjud
huquq normalariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritadigan, eskilarini bekor qiladigan
aktlarni ham ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: