237
muassasalarda, jumladan,
sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi
shaxslar.
QONUNIYLIK
— qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga
barcha davlat organlari, mansabdor va b. shaxslarning og‗ishmay to‗la amal qilishi. Q.
demokratiya va huquqiy davlatnnng
elementlaridan biri. Q.ning quyidagi prinsiplari bor:
Q.ning birligi (mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda
tushunilishi va qo‗llanilishi); konstitutsiya va qonunlarning ustunligi (barcha normativ va
individual huquqiy hujjatlar konstitutsiya va qonunlar asosida
qabul qilinishi hamda
ularga zid kelmasligi); inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining
kafolatlanganligi; Q.ning madaniyat bilan bog‗liqligi (jamiyat a‘zolari yuqori darajada
madaniyatli, jumladan, huquqiy madaniyatli bo‗lgandagina Q.ka erishish mumkin);
Q.ning maqsadga muvofiqligi (qonun va qonun osti) hujjatlari
davlat va jamiyatning
manfaat, maqsadlariga mos kelishi. Bunda maqsadga muvofiqlilik bilan Q. o‗rtasida
ziddiyat kelib chiqmasligi zarur). Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga to‗la rioya
etishni ta‘minlovchi vosita va sharoitlar Q.ning kafolatlari hisoblanadi. Bunday
kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy,
mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari
bor. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, turli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi
iqtisodiy erkinliklar Q.ning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati bo‗ladi. Siyosiy hurfikrlilik,
ko‗ppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik tamoyillarga mosligi Q.ning
siyosiy
kafolatini belgilaydi. Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning
nazoratini ta‘minlovchi samarali mexanizmning mavjudligi Q.ning tashkiliy kafolatidan
darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi, axloqiy tarbiyasi Q.ka mafkuraviy kafolat
beradi. Q.ning ta‘minlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar
maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi. Jamiyatda Q. amalda bo‗lgan holdagina
huquqiy tartibot o‗rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: