234
Q.lar, shuningdek, operativ va hududiy birlashmalarning harbiy
kuch va vositalarining
umumlashgan nomlarini ifodalash uchun qo‗llanadi.
QOCHOQLAR
— irqi, e‘tiqodi, millati, muayyan siyosiy guruh yoki siyosiy
g‗oyalari uchun ta‘qiblarning qurboni bo‗lish xavfi tufayli o‗z fuqaroliklariga ko‗ra
yashashlari, lozim bo‗lgan mamlakat tashqarisida hayot kechirayotgan shaxslar.
Qochoqlarning xalqaro-huquqiy mavqei 1951-yilda qabul qilingan. Qochoqlar maqomi
haqidagi Konvensiya bilan tartibga solinadi. U dunyodagi 107 davlat tomonidan
ratifikatsiya qilingan.
QOIDALAR
— 1) u yoki bu ijtimoiy munosabat qatnashchilarining normativ
huquqiy hujjatlarda belgilangan yoki boshqa ijtimoiy normalar (urf-odatlar, an‘analar va
shu kabilar)da ifodalangan fe‘l-atvori me‘yori, doiralari, shart-sharoitlari. Ba‘zan
―qoidalar‖ kategoriyasi mamlakatda normativ - huquqiy kategoriya sifatida joriy etiladi-
yu, ammo uning mazmuni yuridik jihatdan aniq belgilab qo‗yilmaydi. Bunday qilinishi
maqbul emas., chunki qoidani talqin qilish vakolatli organlar
yoki mansabdor shaxslar
ixtiyorida qoladi, bu esa huquqbuzarlikni noaniq tarkibi uchun javobgarlik chorasi
qo‗llashda foydalanishga yo‗l ochib berishi mumkin. 2) normativ - huquqiy hujjatning
ehtimol tutilgan nomi (shakli), mas., transportning ayrim turlaridan foydalanish qoidalari
yoki transportda yurish qoidalari, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari, hududlarni
ozoda saqlash qoidalari, yong‗in xavfsizligi qoidalari va boshqalar. Korxona va tashkilot
ma‘muriyati ko‗pincha kasaba uyushmasi bilan kelishib ichki- mehnat tartibi qoidalarini
tasdiqlaydi.
QONUN
— inson, jamiyat va davlat manfaatlari
nuqtai nazaridan eng muhim
hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish
vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega bo‗lgan hujjatidir.
Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining
normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega bo‗ladi. Q. uchun uni qabul
qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni
xosdir. Bu bosqichlar
qonunchilik tashabbusi
,
qonun loyihasining muhokama qilinishi,
Q.ning qabul qilinishi va uning e‘lon qilinishidan iborat. Q.lar o‗zida mujassamlashgan
normalarning mohiyati bo‗yicha konstitutsiyaviy. to‗g‗ridan-to‗g‗ri konstitutsiya talablari
asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga bo‗linadi. Oddiy Q.lar, o‗z
navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Q.larga bo‗linadi. Federativ davlatlarda Q.lar,
shuningdek, federal va federatsiya sub‘ektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida
toifasini favqulodda Q.lar tashkil etadi. Normativlik Q.ning muhim belgisi va xususiyati
hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo‗lishi mumkin,
lekin ular Q.chalik qat‘iy kuchga ega bo‗lmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki
huquqni muhofaza etuvchi bo‗lishi mumkin. Q.ning normativligi uning bir xildagi
qoidani barcha uchun norma, me‘yor, mezon darajasiga ko‗tarilishidadir. Q.da
mustahkamlangan qoida hamma o‗xshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror
amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat‘iyligi, ustunligi
va oliyligi bilan chambarchas bog‗liqligidadir. Aynan
shu irodaning imperativ
(bo‗ysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor
mezonlarini belgilaydi. O‗zbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 1)
asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy
235
Q.lar); 4) Qoraqalpog‗iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Q.lari. Q.lar va boshqa
normativ hujjatlar orasida O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
asosiy o‗rinni
egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv
mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy
asoslari, siyosiy tizimini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini
mustahkamlaydi. Konstitutsiya
jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning
o‗zagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Q.larning barchasi konstitutsiya qoidalari
va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo‗lida chiqariladi. Q.lar quyidagi
hollarda kuchga kiradi: rasman e‘lon qilingandan 10 kun o‗tgach; Q.da yoki uni amalga
kiritish to‗g‗risida maxsus hujjatda ko‗rsatilgan vaqtdan boshlab. Q. o‗zida ko‗rsatilgan
muddat tugagan bo‗lsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu
sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati bilan) o‗z kuchini
yo‗qotadi. Q. zamonda amal qiladi. Buning ma‘nosi shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish
kuchiga ega. Ya‘ni, Q. e‘lon qilinmasdan oldin bo‗lgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi.
Jumladan, O‗zbekistonda jinoyat va ma‘muriy javobgarlikni engillashtiruvchi Q.lar
orqaga qaytish kuchiga ega. Q. makonda ham amal qiladi. Buning ma‘nosi Q.lar
mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi.
Davlat hududiga quruqlik,
ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo bo‗shlig‗i va
davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha
sub‘ektlar, ya‘ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar uchun majburiydir. Q.ning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda
namoyon bo‗ladi: Q.ni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim
o‗zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o‗rnata olmaydi; boshqa barcha
normativ-huquqiy aktlar Q.ga qat‘iy muvofiq holda qabul qilinadi va
amalga oshiriladi;
biron-bir qonunosti normativ-huquqiy akt, ya‘ni, qonunga asoslangan hujjat Q.ga zid
bo‗lsa, u Q.ga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Q.ni qabul qilgan organdan
boshqa hech kim uni qo‗shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to‗xtatib qo‗yishi
mumkin emas. O‗zbekiston Respublikasining Q.larida yangilanayotgan ijtimoiy
tuzumning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish
yo‗nalishlari va dasturiy vazifalari o‗z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: