Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   462
LUG\'AT

QONUNNOMA
— 1) davlatning umumiy yoki huquqning bir tarmog‗i bo‗yicha 
amal qilayotgan qonunlarining yig‗indisi (oila q., fuqarolik q. va h.k.). 2) Davlat 
hokimiyati oliy organlarining qonun nashr qilish (yoki ularni bekor qilish, o‗zgartirish) 
bo‗yicha faoliyati. 
 
QULDORLIK DAVLATLARI 
— davlat tashkilotining tarixiy birinchi tashkil 
topgan tipi bo‗lib hisoblanadi. Quldorlik davlatlari ibtidoiy jamiyat tuzumining emirilishi 
va buning natijasida jamiyatning ikki qarama-qarshi sinfi quldorlar va qullar sinfini 
vujudga kelishi bilan bog‗liq. Eng qadimgi quldorlik davlatlariga eramizdan avvalgi IV 
asrning oxiri III asrning boshlarida vujudga kelgan Qadimgi Misr (Misr podsholigi), 
Dajla va Frot daryolari vohasida (Shumer, Ossuriya podsholigi), qadimgi Xitoy va 
Hindiston (eramizdan avvalgi II ming yillik) va Xett davlatini (eramizdan avvalgi II ming 
yillikning oxiri) misol qilib keltirish mumkin. Undan keyin paydo bo‗lgan quldorlik 
davlatlariga Qadimgi Yunon va Qadimgi Rim davlatlarni misol bo‗ladi. Q.d.larini 
iqtisodiy asosini quldorlarning qullarga va ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan xususiy 
mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. Quldorlik tuzumi sharoitida insoniyat tarixida 
birinchi marotaba jamiyatdagi turli qatlam va sinflarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
tengsizlik shakllari ro‗yobga chiqdi, bir sinfning, ya‘ni quldorlarning ikkinchi sinf, ya‘ni, 
qullar ustidan mutloq hukmronligi o‗rnatildi. Q.d. o‗zining ijtimoiy-sinfiy mohiyatiga 
ko‗ra, quldorlar sinfining tashkiloti sifatida maydonga chiqqan. Quldorlik jamiyatining 


238 
iqtisodiy asosini shakllantirish va mustahkamlash, quldorlik ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
himoyasini ta‘minlash, quldorlarni qullar ustidan hukmronligini ushlab turish hamda 
erkin fuqaro va qullar isyonini bostirish uchun barcha vositalardan foydalandi. O‗z 
mohiyati, ijtimoiy mazmuni va maqsadlari bir bo‗lgan quldorlik davlatlari bir-biridan 
davlat boshqaruv usullarining (siyosiy rejimlarning) xilma-xilligi bilan ajralib turgan. 
Bunday xilma-xillikning ildizi, ular vujudga kelgan muayyan tarixiy sharoitlarning, 
siyosiy kuchlar munosabatlaridagi ijtimoiy ziddiyatlar darajasining, ishlab chiqarish 
kuchlari rivojlanish darajasining, davlatlarning jo‗g‗rofiy, iqlimiy joylashuvining turli 
xilligida o‗z ifodasini topadi. Q.d. larining quyidagi asosiy shakllari mavjud bo‗lgan: 
monarxiya, aristokratik respublika va demokratik respublika shakllari. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin