242
surgan. R.ga ko‗ra, ilmiy (ya‘ni ob‘ektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va
uning haqiqiyligi mezoni - aql vositasidagina erishiladi.
RATSIONAL-OSHKORA YETAKCHILIK
— M.Veberning ―Siyosat - ham
mayil, ham kasb sifatida‖ maqolasida bergan ligetim hukumronlikning uch ko‗rinishidan
biri. Yetakchini saylash tarkibi, unga berilgan hokimlik vakolatlarining oqilligi
qonuniyligi to‗g‗risidagi tasavvurlarga asoslanadi. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan tinch
davrda tarixiy an‘analarini avaylab-asrovchi va zaruriy islohotlarni amalga oshiruvchi
yetakchi hisoblanadi. Uni byurokratik yetakchilik, deb ham atashadi. Bu holda siyosiy
yetakchilik qonuniy byurokratik tadbirlar natijasida shaklanadi.
RATSIONAL-QONUNIY LEGITIMLIK
— an‘ana yoki shaxsiy sifatlarga
emas., siyosiy hokimiyat kelib chiqishi va faoliyati demokratik huquqiy tartib - talablarga
mos kelishiga asoslanadi. 2000-yilda AQSH Prezidentligiga o‗tkazilgan saylovlar
jarayoni R.-q.l.ning yorqin misoli bo‗la oladi: qonunda ko‗zda tutilgan tadbirlar asosida
g‗olib aniqlanadi va tomonlar ushbu qarorga bo‗ysunadilar.
Dostları ilə paylaş: