Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   462
LUG\'AT

REFERENT
(lot. 
referens
- xabar qiluvchi, ma‘lumot beruvchi) — 1) referat 
tayyorlovchi, uni o‗qib beruvchi, ma‘lumot, xabar beruvchi shaxs 2) Muayyan masalalar 
yuzasidan axborot, ma‘lumot, maslahat beruvchi mas‘ul shaxs turli vazirlik, konsern, 
muassasa va hokazolarda R. lavozimi bo‗lib, uni egallab turgan shaxs muntazam tarzda 
sohaga oid ma‘lumotlar to‗plab boradi hamda uni referat tarzida o‗z rahbariga taqdim 
etadi. Ayrim vazirliklarda vazir yordamchisi lavozimida ishlayotgan mas‘ul shaxs ham R. 
deb nomlanadi. 
REFLEKS
(lot
. reflectere –
ifodalash, ko‗zgu, aks, yoritish) — odamning turli 
ta‘sirlarga nerv tizimi orqali u yoki bu qarshi ta‘sir ko‗rsatish yoki hayvon organizmiga 
nerv tizimi orqali u yoki bu ta‘sir etishga unda javob tariqasida paydo bo‗ladigan hodisa. 
REFORMATSIYA
(lot. 
reformation
- o‗zgartirish, isloh qilish) — XVI asrda 
G‗arbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga 
qarshi xarakterda bo‗lib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy g‗oyaviy tayanchi)ga 
qarshi kurash tusini oldi. 1517-yil Germaniyada M.Lyuterning katolik cherkoviga qarshi 
chiqishi bilan boshlangan. R. mafkurachilari katolik cherkovi, uning ierarxiyasi va 
umuman ruxoniylarning zarurligi amalda inkor qilingan g‗oyalarni ilgari surdilar; 
katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqaga 
bo‗lgan huquqlari inkor etildi. 
REFORMIZM
— kapitalizm doirasida reforma (islohot)lar o‗tkazish yordamida 
sotsializmga o‗tish uchun asos yaratishga intiluvchi siyosiy oqim. XIX asrning so‗nggi 


244 
choragida vujudga kelgan (E.Bernshteyn, G.Folmar, A.Mileran va boshqa). Sotsial-
demokratik partiyalar orasida tarqalgan. Oktabr to‗ntarishi va birinchi jahon urushidan 
keyin siyosiy oqimga aylanib, demokratik sotsializm tamoyillarini e‘lon qilgan, 
kommunistik partiyalarga qarshi turgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin