Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə323/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   462
LUG\'AT

REPARATSIYA
(lot. 
raparatio
- qayta tiklash) — moddiy xalqaro huquqiy 
javobgarlik turi; davlatning boshqa davlatga yetkazgan zararini pul bilan yoki boshqacha 
shaklda qoplashi. R. ni natura shaklida, pul yoki boshqa moddiy kompensatsiya shaklida 
yoki bir vaqtning o‗zida restitutsiya (g‗ayriqonuniy egallab olingan va olib ketilgan mol-
mulkni qaytarish) va zararlarni qoplash shaklida qo‗llash mumkin. R.ni amalda 1919-
yilgacha mavjud bo‗lgan kontribusiyadan farqlash kerak. Hozirda xalqaro huquqqa ko‗ra, 
davlatning agressiv urush boshlanganligi uchun moddiy javobgarligi, ya‘ni harbiy R. 
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 1945-yilgi Qrim (Yalta) konferensiyasi va Berlin 
konferensiyasi qarorlarida Germaniyaning R. to‗lashi, 1947-yil sulh shartnomalarida esa, 
ikkinchi jahon urushida Germaniya ittifoqchilari bo‗lgan davlatlarning R. to‗lashi 
nazarda tutilgan. 
REPATRIATSIYA
(lot. 
repatriatio
- vatanga qaytish) — urush oqibatida 
vatanidan tashqariga chiqib qolgan harbiy asirlar va fuqarolarni, shuningdek, fuqarolik 
huquqi tiklangan muhojirlarni o‗z vataniga qaytarish. R. odatda, xalqaro shartnomalar 
asosida amalga oshiriladi (Mas., harbiy asirlarni R. qilish). Shuningdek, shartnomadan 
tashqari asosda ham bo‗lishi mumkin. Bu holda R. qilish imkoniyati manfaatdor davlat 
yoki davlatlar qonunlarida nazarda tutilgan bo‗lishi kerak. R.ga tipik misollar sifatida 
quyidagilarni keltiramiz: 1) asirga tushgan shaxslarni davlat hokimiyatining qaroriga 
muvofiq va ularni qabul qiluvchi tomonning harbiy asirlarni qabul qilish bosqichlari va 
muddatini ko‗rsatgan holda urush tamom bo‗lgandan so‗ng harbiy asirlarni o‗z vataniga 
qaytib kelishi. Harbiy asirlarga ega davlatlar urush qurbonlarini himoya qilish 
to‗g‗risidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyasiga muvofiq asirlarni o‗z vatanlariga 
qaytishiga to‗sqinlik qilmasliklari kerak; 2) qochoqlarning o‗z vataniga qaytishi. 
Qochoqlar mavjud bo‗lgan davlat ularning o‗z vatanlariga qaytishiga to‗sqinlik 
qilmasliklari kerak, ammo qochoq maqomiga ega shaxslarni, agar ular o‗zlari turgan 
davlatning qonunlariga zid harakatlarni amalga oshirgan bo‗lsalar o‗z vataniga 
zo‗ravonlik bilan qaytarib yuborishlari ham mumkin emas; 3) ajdodlari, qarindoshlari, 
ota-onasi yoki o‗zlari yashab o‗tgan shaxslarning o‗zlarining tarixiy vataniga qaytib 
kelishi. Mas., 1944-yil o‗z vatanlaridan zo‗ravonlik bilan O‗zbekistonga ko‗chirib 
keltirilgan mesxeti turklari, qrim tatarlarini o‗z vatanlariga qaytib ketishi. Shaxslarning 


246 
yakka tartibda o‗z vatanlariga qaytishdan farqli ravishda, R. shaxslarni ommaviy ravishda 
o‗z vatanlariga qaytishini bildiradi. 
REPRESSIYA
(lot. 
repression
- bosim, tazyiq) — davlat organlari qo‗llaydigan 
jazo chorasi, qatag‗on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat 
tomonidan xalqqa nisbatan qo‗llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy 
tarzda zulm o‗tkazish tushunchalarini ifodalaydi. Ommaviy jazolash, qiynoqqa solish 
choralari mustabid davlatlarning xalqni asoratda ushlash, qo‗rqitish, bosim o‗tkazish 
qurolidir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin