247
saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig‗i bo‗lib, ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i
hisoblanmaydi. (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar)
RESPUBLIKA (PREZIDENTLIK)
— bunda prezident umumxalq saylovida
saylanib, bir vaqtning o‗zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i hisoblanadi.
(AQSh, Meksika, O‗zbekiston va boshqalar)
RESPUBLIKACHILAR PARTIYASI
— AQSHdagi ikki asosiy partiyadan
(Demokratlar partiyasi bilan bir qatorda) biri. 1854-yil shimoli-sharqiy shtatlarning
sanoat-tijorat namoyandalari va janubning quldorchilik oligarxiyasi siyosiy hokimiyatini
tugatish uchun kurashayotgan jamiyatning boshqa ijtimoiy qatlamlari ittifoqi asosida
tashkil etilgan.
RESTAVRATSIYA
(lot
. restauratio –
biron-bir narsani dastlabki ko‗rinishini
tiklash) — siyosiy fanlarda inqilob yoki boshqa yo‗l bilan ag‗darilgan eski tuzum yoki
dinastiyani tiklash.
RESTITUTSIYA
(lot.
restitution
- tiklash) — urushayotgan davlat tomonidan
dushman hududidan noqonuniy ravishda tortib olingan, bosib olingan yoki olib chiqib
ketilgan mulkni qaytarib berish. R. tartibi tinchlik ahdi yoki xalqaro huquq normalari
asosida tartibga solinadi.
RESURS
— hokimiyatning asosini resurslar tashkil etadi. Resurslar kishilarni
rag‗batlantirish, jazolash yoki ishontirishda qo‗llanilishi mumkin. Hokimiyat resurslari
xilma-xil. Ilmiy adabiyotlarda bir necha turlarga bo‗linadi: utilitar, majburlovchi va
me‘yoriy resurslar. Hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat faoliyatining muhim
sohalari: siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-axborot, kuch ishlatuvchi
sohalarga binoan turkumlashtirish ham keng tarqalgan.
RESURSLAR
(fr.
ressonrse
- yordamchi vosita) — zarur bo‗lib qolgan taqdirda
foydalanish mumkin bo‗lgan vositalar, imkoniyatlar, daromadlar manbai.
Dostları ilə paylaş: