partiya yoki partiyalar bloki vakillaridan tuzilgan hukumat qo‗liga o‗tgan. Mas.,
Angliyada qirol Georg I davridan (1714-yildan) boshlab Q.lar mamlakatni idora etish
ishlariga bevosita aralashmaydi.
QIROLLIK — qirol boshchilik qiladigan feodal yoki burjua davlati. Hozirgi
zamon qirolliklarining ko‗pchiligi konstitutsion monarxistik boshqaruv shaklida bo‗lib,
ularda qirol hokimiyati parlament tomonidan cheklab qo‗yilgan (mas., Buyuk Britaniya,
Daniya, Norvegiya, Belgiya).
QISHLOQ XO„JALIGI — moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri.
Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini
ko‗paytirish bilan shug‗ullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo‗jaligining bir
qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan ta‘minlaydi. Q.x. o‗simlik va hayvon
mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham o‗z ichiga oladi. Q.x. -
inson xo‗jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri
oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xo‗jalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni
oddiy qurollar bilan ishlagan, ba‘zi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar
davomida turli sharoitlar ta‘sirila dehqonchilik tizimi
o‗zgargan va takomillashgan;
hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, ko‗plab zotlari yetishtirilgan.
QIYOSIY TAHLIL — 1) tarixiy rivojlanishning turli davrlarida; 2) turli ijtimoiy
tizimlar (institutlar, guruhlar, hududlar va h.k.)da; 3) turli mualliflar va tadqiqotchi
jamoalarda; 4) turi o‗lchovlarda va to‗plash usullarida olingan axborot qiyoslanadi.
Qiyosiy tahlilda o‗xshashlik va farqni aniqlash va tavsiflash yoki analitik, ya‘ni
tushuntirish, bashorat, tavsiyalar ishlab chiqish vazifalarini hal qilish mumkin.
QIYOSIY YONDOSHUV — bir turdagi siyosiy hodisalarni, ularning umumiy va
xususiy qirralarini aniqlash, siyosiy tashkilotlarning samarali shakllarini topish, boshqa
mamlakatlarning muvaffaqiyatlarini qo‗llash maqsadida qiyoslab o‗rganadi. Mas.,
Turkiya bilan O‗zbekistondagi islohotlar jarayonini qiyoslash - bizning mamlakatimiz
uchun ancha samaralidir, negaki bu mamlakat qo‗llagan uslublarni o‗rganish bilan birga,
undagi xato va kamchiliklarni ham takrorlashdan holi bo‗lamiz v.h.