228
jarayonida partiyalar parlamentda egallagan joylar soni ushbu partiyalarga berilgan
ovozlar soniga proporsional bo‗ladi. U yoki bu partiyaning mandatlari sonini aniqlash
uchun «saylov metri», ya‘ni bir deputat saylanishi uchun kerak bo‗lgan eng kam
ovozlar soni belgilanadi. Shuningdek, partiyaviy fragmentatsiyaning oldini olish
maqsadida deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligida parlamentga kirish uchun partiya
yengib o‗tishi kerak bo‗lgan chegara belgilab beriladi (odatda, saylovchilarning 5 %
ovozi miqdorida). P.s.t. ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi
bo‗lib, bunda mandatlar o‗z nomzodlarini vakillik organlariga qo‗ygan siyosiy partiyalar
va b. ommaviy harakatlar o‗rtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos
ravishda taqsimlanadi. P.s.t.da katta - katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya
o‗z vakillarining ro‗yxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki
ommaviy harakatlar tomonidan ko‗rsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi.
Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), ya‘ni bir deputatlik
mandatini olish uchun zarur bo‗lgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4-5% qilib)
o‗rnatiladi. Bunda, shartga ko‗ra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu
belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo
saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik o‗rinlarining soniga bo‗linadi. Shunda
bitta mandat doirasidagi ovozlar soni ma‘lum bo‗ladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar
alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur
bo‗lgan ovozlar miqdoriga bo‗linadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy
harakatga berilgan deputatlik o‗rinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi
amalda nomzod uchun emas., balki siyosiy partiya ro‗yxati uchun ovoz beradi.
Saylovchilarning ovozi belgilangan me‘yor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar
mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu o‗rinlar partiya rahbar organlari tomonidan
partiyaviy ro‗yxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. P.s.t. Isroil,
Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va b. mamlakatlarda mavjud.
Dostları ilə paylaş: