Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   462
LUG\'AT

PREZIDENTLIK BOSHQARUVI 
— favqulodda holatlar joriy etilganda davlat 
boshqaruvida qo‗llaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ 
tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas., AQSH, Hindiston)da qo‗llaniladi. Sub‘ektlar 
federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson 
huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar ro‗y berganda, federativ davlatning 
yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va sh.k.da amalga oshiriladi. 
P.b. davlat boshlig‗ining maxsus farmoni (dekreti) bilan e‘lon qilinadi. P.b. paytida 
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari to‗xtatiladi, ularning 
vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs 
zimmasiga yuklanadi. 
PREZIDENTLIK RESPUBLIKASI
— bunda davlatni xalq tomonidan 
saylanadigan, juda keng vakolatlarga ega bo‗lgan prezident boshqaradi. U davlatning 
ham, hukumatning ham boshlig‗idir. Mas., AQSH, Meksika va h.k. odatda prezident ayni
 
vaqtda hukumat boshlig‗i vazifasini ham bajaradi. Qonun chiqaruvchi organ parlament - 
alohida saylovlar natijasida, prezident - alohida saylovlar natijasida shakllanib, bir - 
birlaridan mustaqildirlar. Tarixan boshqaruvning bu shakli AQSH Konstitutsiyasi asosida 
1787-yilda kiritilgan. O‗zbekiston davlat tuzumi – Respublika. Davlat boshlig‗i – 
Prezident. 
PREZIDIUM 
(lot. 
praesidium
- raislik qilish) — majlis, kengashni bamaslahat olib 
borish uchun saylangan shaxslar guruhi, hay‘at; ayrim jamoat tashkilotlari, ilmiy 
muassasalar va b.ning doimiy rahbar organi. 
PRIMAT 
— lot. birinchilik, ustunlik, ahamiyati juda zo‗r, hukmron rol. 
PRIMER-MINISTR
(fr. 
preimer 
– birinchi) — bosh vazir. Davlat boshlig‗i 
tomonidan tayinlanadigan hukumat boshlig‗i. P.-m. parlamentda ko‗pchilikka ega 
bo‗lgan partiya yoki partiya koalitsiyasining lideri, ko‗pchilikning parlament 
fraksiyasining rahbari. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin