PROLETAR INQILOB — SSSRda mavjud bo‗lgan kapitalizm sharoitida
jamiyatning rivojlanishida ro‗y beradigan chuqur sifat o‗zgarishlarni ishchilar sinfi
tomonidan amalga oshirilishi.
PROLETARIAT — ishchilar sinfi (SSSRda mavjud bo‗lgan kapitalizm
sharoitida).
PROLONGATSIYA (fr.
prolongation , lot.
prolongare – cho‗zish, uzaytirish) —
bitim, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish. P. kelishuvlar, sud
qarorlari, davlat hokimiyati aktlarida o‗z aksini topadi. Iqtisodiy harakatlar, huquqiy
sohalarda keng qo‗llaniladi. P., asosan, vastinchalik kuchga ega va u asosiy
hujjatlardagidek amal qilish huquqini ta‘minlaydi. Tadbirkorlikni kengaytirishda
iqtisodiy aloqalarning uzilib qolmasligini ta‘minlash P.dan keng foydalanishni taqozo
etadi.
PROMULGATSIYA (lot.
promulgatio – e‘lon qilish) — bir qator xorijiy
davlatlarning konstitutsiyaviy huquqiga ko‗ra, vakolatli organ tomonidan qabul qilingan
va tasdiqlangan qonunning davlat boshlig‗i tomonidan konstitutsiyada yoki qonunda
belgilangan muddatda rasmiy bosma nashr orqali e‘lon qilinishi. P. deganda qonunni
rasmiy e‘lon qilish haqidagi farmoyishni o‗zida aks ettirgan maxsus aktning e‘lon
qilinishini tushunish mumkin. Odatda, P. davlat boshlig‗ining farmoni, farmoyishi,
buyrug‗i yoki shunga o‗xshash huquqiy akti bilan amalga oshiriladi, bunda davlat
boshlig‗ining bunday huquqiy akti ommaviy nashrlarda P. qilinayotgan qonun akti bilan
birga e‘lon qilinadi. Qonun P. dan keyingina majburiy kuchga ega bo‗ladi.
PROPAGANDA (lot.
propaganda – tarqatilishi kerak bo‗lgan) — siyosiy, falsafiy,
ilmiy, badiiy va b. g‗oyalarni ijtimoiy ongga joriy qilish va ommaviy amaliy faoliyatni
faollashtirish maqsadida ularni yoyish, tor ma‘noda – ommada muayyan dunyoqarashni
shakllantirish maqsadida siyosiy yoki g‗oyaviy P. olib borish.