Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


PRIMITIV – (lot. ibtidoiy, dastlabki) oddiy, tuzilishi murakkab bo‗lmagan; qoloq.  PRINSIP



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   462
LUG\'AT

PRIMITIV –
(lot. ibtidoiy, dastlabki) oddiy, tuzilishi murakkab bo‗lmagan; qoloq. 
PRINSIP
(lot. 
principium
– asos, boshlanishi) — nazariyada, fanda, siyosatda 
boshlang‗ich qoida, rahbar g‗oya, hulq-atvorlarning bosh qoidasi, tamoyili va h.k.
PRINSIPIALLIK
— har qanday masala, vazifaga qabul qilingan prinsiplarni izchil 
o‗tkazish pozitsiyasidan yondashish va buni uddalash qobiliyati; amalda va nazariyada 
o‗z e‘tiqodiga izchil amal qilish; ishi va so‗zi o‗rtasida tafovut, ziddiyatning yo‗qligi. 
PRIORITET 
(lot. birinchi) — birinchilik. 
PROFESSIONAL ARMIYA 
— shaxsiy tarkib uchun harbiy xizmat asosiy kasb 
hisoblangan armiya. 
PROFESSIONAL PARLAMENT 

 
deputatlari doimiylik asosida ishlaydigan, 
asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat bo‗lgan parlament. 


227 
PROGNOZLASH
(yun. 
prognosis
– oldindan ko‗rish) — 1) bashorat qilish. 2) 
biron ijtimoiy hodisani maxsus ilmiy tadqiq etish (mas., siyosiy P.) 
PROGRESS 
(lot. 
progressus
– oldinga harakatlanish) — rivojlanishning quyidan 
yuqoriga boradigan yo‗nalishi. Jamiyatning quyi darajasi va shakllaridan yuqori darajasi 
va shakllariga qarab uzluksiz rivojlanishi, taraqqiyot. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi zaminida ro‗y beradigan ijtimoiy P. o‗z shakli va sur‘ati jihatidan turlicha 
bo‗lgan ziddiyatli jarayonlardan iborat. P.ning teskarisi- regress. 
PROKURATURA 
(lot. 
procurare
– g‗amxo‗rlik qilish) — ayrim mamlakatlarda 
jinoiy ishlarni qo‗zg‗atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya 
qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab XIII-XIV 
asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda P.ga barcha fuqarolar, 
tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan 
nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda P. sudning tarkibiy qismi 
hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin