POSTULAT (lot.
postulatum – talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul
qilinadigan, lekin biron asosi bo‗lgan prinsip yoki qoida. P., odatda, biror mulohazaga
ko‗ra asoslanadi, ana shu asoslash uning qabul qilinishiga sabab bo‗ladi. P. tushunchasi
aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qo‗llaniladi.
POTENSIAL (lot.
potentia – salohiyat, imkoniyat, quvvat) — biror vazifani hal
etish va ko‗zlangan maqsadga erishishda foydalaniladigan manba, imkoniyat, mablag‗,
zaxiralar; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi salohiyatlari (mas.,
iqtisodiy P.). Shuningdek, P. hali foydalanilmagan, biroq zarur vaqtda foydalanish
mumkin bo‗lgan imkoniyatlar ham hisoblanadi.
POYTAXT — davlatning bosh shahri, mamlakatning ma‘muriy-siyosiy markazi.
P., odatda, markaziy (umummilliy) hukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi
hisoblanadi. Odatda, P. alohida boshqaruv tartibi bo‗lgan mustaqil ma‘muriy birlikka
ajratiladi. Ko‗pchilik federativ davlatlarda P. federatsiyaning biron-bir sub‘ekti tarkibiga
kirmaydigan va federatsiyaning mustaqil sub‘ekti hisoblanmaydigan maxsus federal
okrug hududida joylashgan bo‗ladi.
POZITIV (lot.
positivus – musbat, ijobiy) — ijobiy tajribaga, faktlarga, real
vokelikka asoslangan. Teskarisi - negativ.
POZITIV HUQUQLAR — davlat, shaxslar va tashkilotlarning fuqaroga u yoki, bu
imtiyozlarni berish, muayyan harakatlarni amalga oshirish bo‗yicha vazifalarini
belgilaydi. Barcha ijtimoiy huquqlar pozitiv tabiatga ega. Pozitiv huquqlarni amalga
oshirish uchun davlat muayyan resurslarga, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega
bo‗lishi kerak.
POZITIVIZM (lot.
positivus – ijobiy, xayoliy) — metafizik, tushuntirishlardan
holi, isbotlanuvchi va foydali ―ijtimoiy nazariyani‖ asosan tabiiy fanlar metodologiyasiga
tayanib yaratishga urinish.