Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   462
LUG\'AT

POPULIZM 
(lot. 
populous
– xalq) — tez orada natijaga erishish imkonini
beruvchi siyosiy oqim, ―siyosatdagi uslub‖. U ommaning murakkab masalalarni oson 
tushuntirishlarga, oddiy, lekin chiroyli shiorlarga moyilligiga asoslanadi. Siyosiy 
faoliyatda poppulizm - puch va‘dalar, yolg‗on shiorlar vositasida hokimiyatga erishish 
(yoki unda qolish) uchun saylovchilarni chalg‗itishda namoyon bo‗ladi. ―Xalq ichiga 
kirish‖, ―to‗g‗ridan-to‗g‗ri‖ muloqot vositalaridir. Xalq ehtiroslari va ehtiyojlaridan 
foydalanib, ularni aldash, yolg‗on va‘dalar bilan o‗z siyosiy maqsadlariga erishish, 
obro‗ga erishish o‗yinlari. 
POPULYARLAR 
(lot. 
populares
– xalqchil) — qadimgi Rimda qishloq va shahar 
aholisi manfaatlarini ifoda etuvchi xalq partiyasi. 
PORAXO„RLIK 
— pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi 
mansabdorlikjinoyatlari. P. moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan 
harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi. 
PORTFELSIZ VAZIR 
— hukumat tarkibiga kiruvchi va muayyan masalalar 
yuzasidan mas‘ul bo‗lgan ministrning rasmiy (ramziy) nomi. Portfelsiz ministrlar alohida 
tarmoq (vazirlik)qa rahbarlik qilmay, hukumat tomonidan ko‗riladigan ayrim masalalarni 
hal qilishda yoki uni ijro etilishida mas‘ul bo‗ladilar. 
POSTINDUSTRIAL JAMIYAT 
— zamonaviy rivojlanish nazariyalarida bir 
qator davlatlarning bugungi holatini belgilash uchun qo‗llanadigan tushuncha. 
Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan ijtimoiy taraqqiyotda vujudga 
kela boshlagan yangi bosqich. Termin o‗tgan asrning 70-yillaridan ishlatila boshlandi 
Uni Bell kiritgan va shunday jamiyatning asosiy belgilarini ham ko‗rsatgan: xizmat 
ko‗rsatish iqtisodiyotini yaratilishi, ilmiy-texnik mutaxassislar qatlamining ustunligi, 
jamiyatda nazariy bilimlarning yangiliklar va siyosiy qarorlarning manbai sifatidagi 
markaziy roli, texnologik o‗sish «intellektual» texnikaning yangi turlarining yaratilishi. 
«Postindustrial jamiyat» ning turli konsepsiyalarini Z.Bjezinskiy, J.Blbreyt, Toffler, 
A.Turen, Xabermaslar ishlab chiqishgan. «Postindustrial jamiyat» nazariyalarining paydo 
bo‗lishi uchun asosni bir qator mamlakatlarda XX asrning 60-70-yillarida iqtisodda ro‗y 
bergan tarkibiy o‗zgarishlar tashkil etdi. U og‗ir sanoat o‗rniga yangi, «ilmga 
asoslangan» sohalarni ilgari surdi; «bilimlar industriyasi», kompyuterlashtirish rivoji, 
ko‗p tarmoqli axborot tizimlari ishlab chiqarishdagi markazlashuvni emirdi. Yuqoridagi 
o‗zgarishlar asosida jamiyatlarning tarixiy evolyutsiyasi tarixiy (an‘anaviy, agrar) 
industrial va postindustrial davrlarga bo‗lindi. Bu davrlarning har birida turli institutlar 
yetakchi rol o‗ynaydi: an‘anaviy jamiyatda – din va armiya; industrial jamiyatda - sanoat-
moliya korporatsiyalari va postindustrial jamiyatda - universitetlar. «Postindustrial 


223 
jamiyat» nazariyalarida jamiyat texnika, ijtimoiy qatlamlar, siyosat, ma‘naviy qadriyatlar 
singari omillarning o‗zaro ta‘siriga asoslangan tizim sifatida qaraladi; iqtisod «hayot 
sifati» ni yaxshilash uchun yo‗naltiriladi; ijtimoiy dasturlar kengaytiriladi. Ziddiyatlar va 
ihtiloflar ijtimoiy-sinfiy munosabatlar sohasidan jamiyatning industrial va postindustrial 
sohalari o‗zaro munosabatlari, iqtisod va madaniyatga ko‗chadi. Shuningdek, 
insonlarning tezkor texnologik o‗zgarishlarga moslashishi muammolari bilan bog‗liq 
keskinliklar ham mavjud. P.j.da xizmat sohalarining ahamiyati ortadi, fan va ta‘lim 
asosiy o‗rinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb 
mutaxasisslariga o‗tadi; nazariy bilim yangiliklar kiritish va siyosatni shakllantirish 
manbai bo‗lib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat 
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin