Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   462
LUG\'AT

SAYLOV 

 
demokratiyaning asosiy belgisi bo‗lib, ovoz berish yordamida davlat 
hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsini, fuqarolarning o‗zini o‗zi 
boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-
irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish 
bilan bog‗liq jarayondir. Saylov tushunchasi ko‗proq davlat hokimiyatining vakillik 
organlari va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saylashga nisbatan 
qo‗llaniladi.
 
S. o‗tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va 
b. konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlarda belgilanadi. S. turli ko‗rinishda bo‗ladi. Unda 
aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. S. ochiq yoki 
yashirin ovoz berish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab 
parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S. 
o‗tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman S. bo‗lishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat 
yoki mahalliy; o‗tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, 
ko‗p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod 
ko‗rsatilsa); to‗g‗ri yoki ko‗p bosqichli; asosiy yoki qo‗shimcha S. o‗tkazilishi mumkin.
 


253 
SAYLOV HUQUQI 
— saylov bilan uzviy bog‗liq tushuncha bo‗lib, uning 
mazmunini: a) saylovni tashkil qilish va o‗tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlar 
yig‗indisi; b) saylanadigan davlat organlari shakllanishini tartibga soluvchi huquqiy 
normalar tizimi; v) siyosiy partiyalarning kelgusi faoliyat dasturlari bilan tanishish va 
muhokama qilish, saylanish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish va ovoz berish 
kabi huquqlar tashkil etadi. S.h. fuqarolarning davlatning vakolatli organlariga saylash va 
saylanish huquqlari hisoblanadi. U saylov huquqining umumiyligi, tengligi va to‗g‗ridan-
to‗g‗riligi tamoyillariga tayanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin