252
SATYAGRAXA
(sanskritcha - haqiqat qatiylikda) — hind xalqining ingliz
mustamlakasi davridagi kurash shakllaridan biri. M.Gandi tomonidan XX asr boshida
ishlab chiqilgan. Bunda
kurashning turli xil usullari, mutlaqo tinchlik vositalari —
mitinglar o‗tkazish, hukumatga arznomalar bilan murojaat qilish, ish tashlashlar
uyushtirish, hukumat farmoyishlarini bajarmaslik, soliqlarni to‗lamaslik, hokimiyat bilan
hamkorlik
qilmaslik, unga itoat etmaslik va umuman kuch ishlatmasdan kurashishni
bildiradi. S. Dastlab M.Gandi tomonidan XX asr boshida Janubiy Afrikadagi hindlarni
tahqirlash siyosatiga qarshi o‗tkazildi. Gandi 1915-yilda Ahmadobod shahrida S.
g‗oyalarini targ‗ib etuvchi markaz ―Satyagraxa ashram‖ni tuzdi. 1918-1922-yillarda
mamlakatda ko‗tarilgan xalq ozodlik harakati davridan boshlab S. o‗tkazish
keng tus
oldi. S. tufayli Gandi Hindistonning siyosiy hayotida katta shuhrat qozondi. Mamlakatda
xalq milliy ozodlik harakatining g‗alaba qilishida Gandining S. usuli muhim rol o‗ynadi.
SAVDO PALATASI
— iqtisodiyot va savdoni,
birinchi navbatda, mamlakatlar
o‗rtasida tashqi savdoni rivojlantirishga ko‗maklashuvchi xalqaro jamoat yoki davlat
tashkiloti. S.p. aksariyat hollarda firmalarning ishbilarmon
doiralarini birlashtirishga,
savdo aloqalarini o‗rnatishga, savdo-sotiq ishtirokchilariga zarur axborotlarni taqdim
etishga xizmat qiladi. Faoliyati miqyosiga qarab, xalqaro, aralash, milliy S.p.lariga
bo‗linadi. Aralash S.p. ikki mamlakat ishbilarmonlarini birlashtiradi va
mamlakatlararo
savdo sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlar va korxonalar o‗rtasida samarali hamkorlikni
kengaytirish va b. xizmat ko‗rsatadi. Milliy S.p. bir mamlakatda tashqi savdo iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish uchun tuzilgan tadbirkorlarning jamoat tashkiloti, ba‘zan savdo-
sanoat palatasi ham deb yuritiladi. Chet ellarda mamlakat savdo-sanoat ko‗rgazmalarini
tashkil etish, mamlakatda xorijiy davlatlar savdo-sanoat ko‗rgazmalarini o‗tkazishga
yordam berish, yangi iste‘mol tovarlarini sanoat o‗zlashtirishiga va savdoga chiqarishga
yordamlashish, mahsulotlar sifatini ekspertiza qilish va b. vazifalarni bajaradi. XX
asrning 90-yillaridan ayrim mamlakatlarda milliy S.p. o‗rniga sanoatchilar va
tadbirkorlar palatasi (Rossiya), tovar ishlab chiqaruvchilar
va tadbirkorlar palatasi
(O‗zbekiston) kabi tashkilotlar tuzildi.
Dostları ilə paylaş: